Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Özgartirişlarga köra, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oşkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan şaxs tomonidan ularni oşkor qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi. Jinoiy javobgarlikning mazmuni haqida xabarda ma’lumot berilmadi.
Kiritilgan qöşimçalarga köra, işni yopiq sud majlisida köriş uçun asoslar mavjud bölganda sud işni yopiq sud majlisida köriş töğrisida ajrim çiqaradi.
Ajrim çiqarilganda yopiq sud majlisida iştirok etayotgan şaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini sudning ruxsatisiz oşkor qilmaslik töğrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.
Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uçun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantiriş ham aks ettiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kirdi.

















