O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida “masofaviy bojxona nazorati” tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalishdagi “qizil” va “yashil” yo‘laklar olib tashlandi. Xo‘sh, endilikda fuqarolar yuklarini qanday deklaratsiya rasmiylashtiruvidan o‘tkazadi? Yangi tizimning tartibi qanday? Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti misolida shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Eski tizim qanday edi? 

Bundan 6 yil avval respublika xalqaro aeroportlarida barcha yo‘lovchilarning yuklari rentgen apparatlari orqali tekshirilib, har biriga bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘ldirish talabi mavjud edi. 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi tegishli qarori bilan ikki yo‘lakli tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab xalqaro aeroportlarda bojxona hududiga kirib kelish va chiqishda “yashil” hamda “qizil” yo‘lak tizimi joriy qilindi. Bunda “yashil” yo‘lak orqali harakatlanayotgan yo‘lovchi tovar va valuta boyliklarini og‘zaki deklaratsiyalashi, “qizil” yo‘lak orqali o‘tuvchilar esa tovar va valuta boyliklarini yozma deklaratsiyalashi belgilandi.  

Bugunga kelib, xalqaro aeroportlar orqali uchib ketishda ikki yo‘lakli tizim bekor qilindi, “qizil” va “yashil” yo‘laklar olib tashlandi. Uning o‘rniga “masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy qilindi.  

“Masofaviy bojxona nazorati” qanday ishlaydi? 

"Toshkent-Aero" ixtisoslashgan bojxona kompleksi bo‘lim boshlig‘i Akmal Eshonovga ko‘ra, yangi amaliyot maxsus ajratilgan joylar orqali xavfni boshqarish tizimi bilan yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning uchun aeroport zallari moslashtirib bo‘lingan. 

“[Endi xalqaro aeroportlarining uchib ketish yo‘nalishida] Yo‘lovchilarimizga bojxona xizmati xodimlari “ko‘rinmaydi'. Yo‘lovchida deklaratsiyalash kerak bo‘lgan tovar bo‘ladigan bo‘lsa, ular shundagina maxsus ajratilgan [bojxona deklaratsiyalash] joyiga borib, rasmiylashtirib, yana harakatida davom etaveradi. Agar deklaratsiya qilinadigan tovarlar mavjud bo‘lmasa, yo‘lovchilar bojxona xizmati xodimlariga umuman yuzlanmaydi. Bojxona xizmati xodimlari ham ularni ortiqcha bezovta qilib, vaqtini olmaydi”, –