Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk tarixini onlayn tekshirish imkoniyati yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:
- DXMga tashrif buyurgan holda;
- YaIDXP yordamida;
- davreestr.uz. orqali.
Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so‘rovnoma to‘ldirib, BHMning 0,5 baravarini to‘lash lozim.
Natijalar quyidagi shakldagi ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.
Ma’lumotnomada:
ko‘chmas mulkka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.
Mavzuga oid
10:57 / 29.06.2026
Energetika sohasida tekshiruvlarning yangi mexanizmi joriy etildi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
08:40 / 10.01.2026