Kanadaning Makmaster universiteti tomonidan ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, oltita mahsulotga boy parhez yurak faoliyatini yaxşilaydi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Tadqiqot Yevropa kardiologiya assotsiatsiyasining European Heart Journal naşrida çop etildi. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, 2019 yilda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli 18 million kişi vafot etgan. Bu dunyodagi barça ölimlarning 32 foizini taşkil qiladi. Ularning 85 foizi yurak xuruji va insult bilan boğliq. 

Uşbu kasallikning asosiy sabablari çekiş, içiş, notöğri ovqatlaniş, xolesterinning yuqori miqdori, ortiqça vazn va jismoniy faoliyatning sustligi. 

Tadqiqotçilar 80 ta mamlakatdan 245 ming kişini kuzatişdi. Aniqlanişiça, ratsioni meva, sabzavot, dukkaklilar, yonğoqlar, baliq va qaymoqli sutdan iborat bölgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari va ölim xavfi bunday mahsulotlarni yetarliça iste’mol qilmaydigan odamlarga qaraganda ança past böladi. 

Qayd qilinişiça, töğri ovqatlangan odamlarda ölim xavfi 30 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 18 foizga, miokard infarkti 14 foizga, insult xavfi 19 foizga kamaygan. 

Olimlar haftalik ratsionga 2-3 porsiya meva, 2-3 porsiya sabzavot, 3-4 porsiya dukkaklilar, 7 porsiya yonğoq, 2-3 porsiya baliq va 14 porsiya qaymoqli sut mahsulotlarini kiritişni tavsiya qilmoqda.