Rublning sakrashlari

Rubl iyul oyi boshlaridan talvasaga tusha boshladi. Bevosita sabab sifatida tahlilchilar Yevgeniy Prigojinning amalga oshmagan isyonini ham sanashgan bo‘lsa-da, fundamental omillar ancha chuqurroqda. Butun iyul oyi mobaynida va avgust oyi boshlarida rubl arzonlashdi, garchi Markaziy bank 21 iyul kuni 2022 yil bahoridan buyon asosiy stavkani 8,5 foizgacha ko‘targan bo‘lsa ham. 9 avgust kuni Markaziy bank raisi o‘rinbosari Aleksey Zabotkin «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida inflyatsion kutilmalar va korporativ chakana kreditlash miqdori oshib borishi fonida regulyator asosiy stavkani oshirishini ochiq aytgan edi. Biroq bu gaplar yetarli bo‘lmadi — 11 avgust, juma kuni savdolar yakunlanishiga dollar 99,43 rubl qiymatida to‘xtadi va 100 rubllik dovonni zabt etishga hozirlik ko‘ra boshladi.

Lekin bu voqea sodir bo‘lgunga qadar, 14 avgust kuni ertalab prezident yordamchisi Maksim Oreshkin TASSda e’lon qilingan maqolasi bilan rubl volatilligi haftasini ochib berdi. Ko‘p yillar davomida Rossiya Markaziy bankini qat’iy siyosati uchun tanqid qilib kelgan Oreshkin o‘z maqolasida kutilmaganda qarashlarini o‘zgartirib, siyosatni yanada qat’iylashtirishga chaqirgan. Kuchsiz rubl Rossiya uchun foydali emasligini tushuntirib, rubl qadrsizlanishi va inflatsiya tezlashuviga yumshoq pul-kredit siyosatini asosiy manba deb atadi va rubl qulashida MBni aybladi. Mohiyatan Oreshkin quyidagilarni ta’kidladi: rubl qulashida kamayib borayotgan daromadlarga qaramasdan budjet xarajatlari