Budapeşt şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning uçraşuvi bölib ötdi.

Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayonida faol muloqot va almaşinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari sezilarli darajada ösmoqda. Joriy yilning 1 iyulidan boşlab Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim kuçga kirdi. Qöşma korxonalar soni 2,5 mingdan oşdi.

Özbekiston va Turkiya rahbarlari ikki mamlakat yetakçi kompaniyalarining ustuvor tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş borasidagi rejalarini olqişladilar.
Ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasi, şu jumladan qöşma Strategik hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişiga hamda Turkiy davlatlar taşkiloti va Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining joriy yilda ötkazilişi möljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi.
















