Moskvaga uyuştirilgan navbatdagi dronlar hujumi fonida poytaxtdagi Şeremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari vaqtinça yopilgan. Bu haqda rasman e’lon qilinmagan bölsa-da, uşbu aeroportlar reyslarni qabul qilmayapti, samolyotlar ham u yerdan uçib ketmayapti.

«RIA Novosti»ning yozişiça, Vnukovo aeroportida duşanba tonggi soat 06:25 dan boşlab reyslarni boşqa aeroportlarga yönaltirişni boşlagan. Bunga sabab sifatida xavfsizlik çora-tadbirlari keltirilgan.

Moskvaga uçirilgan dronlardan biri Rossiya boş propagandaçilaridan bölmiş Margarita Simonyanning uyi yaqinida urib tuşirilgan. Bu haqda propagandaçining özi Telegram-kanalida yozib qoldirgan. «Öşa uçuvçisiz qurilma. Uni Istrinsk tumanida urib tuşirişdi, bizdan bitta narigi köçada quladi. Havo hujumidan mudofaa tizimimizga rahmat, qurbon va yöqotişlar bölmadi», deb yozdi Simonyan.