Oʻzbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni Oʻzbekistonga tashrifi bilan qutladi.

“​AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni koʻhna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu - uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi.

Oldinda «S5+1» formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yigʻilishi kutmoqda.

​Oʻzbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio!”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva oʻz Telegram kanalida.

AQSH Davlat kotibini Samarqand xalqaro aeroportida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, elchi Jonatan Heniklar kutib oldi.

Marko Rubio 19-oktabr kuni Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etadi.