21 avgust kuni Centrum Air aviakompaniyasi Özbekiston hamda Qatar poytaxtlari örtasida dastlabki aviaqatnovini yölga qöydi. Ilgari bu yönalişda töğridan töğri parvozlar qilinmagan. Köp yillik muzokaralardan söng, Toşkent – Doha yönalişi barça fuqarolar uçun birinçi marta oçilmoqda. Dastlabki bosqiçda 200 ga yaqin yölovçi charter reysda öz manziliga yetkazildi. Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida qatnov oldi ötkazilgan tadbirda şu haqda batafsil ma’lumot berildi.

“Aslini olganda, Dohaga reyslarni oçganimizda juda katta qiziqiş bildiriladi deb öylamagan edik, ijtimoiy tarmoqlarda tur haqida ma’lumot berganimizda köplab odamlarning özi bunda iştirok etişlarini bildirişdi.

Bilet narxlari haqida esa bir nima deyiş qiyin. Çunki tanlangan tariflar böyiça narxlar özgarişi mumkin.” – deydi Centrum Air marketologi Anora Xodjayeva.

Foto: Uzbekistan Airports

Yölovçilarga Qatar sayohatini taşkil qiliş uçun EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air bilan hamkorlikda işlayotgani, nima uçun aynan Qatar tanlangani haqida ham gapirib ötildi. 

“Aytiş kerak, futbol böyiça jahon çempionatidan söng Qatar [turistlar uçun] işlab kelmoqda. U yerda yangi mehmonxonalar, infratuzilmalar qurildi, köçalarga konditsionerlar örnatildi. Bunaqasi boşqa mamlakatlarda kamdan kam kuzatiladi. Qolaversa, ajoyib arxitekturasi, yangi va zamonaviy mehmonxonalari, stadion, plyajlar – umuman jahon çempionati uçun tayyorlangan şu kabi xizmatlarning narxi ming-ming dollarga tuşadi. Hozir esa Özbekistonda yaşovçilar bu xizmatlardan boşlanişiga 350 dollardan (sayohat paketlariga qarab narxlar kötariladi) foydalanişi mumkin. Bu – juda ajoyib taklif.

Şuningdek, biz fuqarolarga dunyo böylab sayohat qilişga, yangi davlatlarni örganib, uning madaniyatini körişga yordam beramiz.

Hozir bu işlarning hammasi kompaniyamiz tomonidan amalga oşiriladi”, – deydi EASYBOOKING kompaniyasining marketing böyiça boş mutaxassisi Stanislav Iakovlev.

Foto: Uzbekistan Airports