Bilim va malakalarni baholaş agentligi direktori Majid Karimov test sinovi paytida abituriyentlarga ayrim qöllanmalar berilganini ma’lum qildi.

– Abituriyentlarga test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasidan kelib çiqqan holda, kimyoviy elementlar davriy jadvali, fizika fanidan «Doimiy fizik kattaliklar va şartli belgilaşlar jadvali», şuningdek, kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali berildi, dedi u.

Şu bilan birga, abituriyentlarga qulaylik yaratiş maqsadida kimyo, fizika va matematika fanlarida har bir test topşiriğidan söng misol işlaş uçun ma’lum miqdorda joy qoldirilgan. Natijada abituriyentlarga hisob-kitob talab etiladigan misollarni test topşiriqlari kitobining oxiriga köçirib işlaş örniga şu yerning özida işlaş imkoniyati yaratilgan. 

Majid Karimovning ta’kidlaşiça, abituriyentlarni test sinovlari ötkaziladigan hududlarga kiritiş va şaxsini aniqlaşda identifikatsiyalaş vositalaridan foydalanilgan. Natijada boşqa bir şaxsning abituriyent örniga test sinoviga kirişi oldi olingan.

Şuningdek, eşitişda va nutqida nuqsoni bölgan abituriyentlar uçun test sinovlariga surdo tarjimonlar ham jalb etilgan. 

2023-2024 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlari natijalariga köra, 193 ming 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.