Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Afg‘onistonda ikki yuzdan ortiq sobiq amaldor o‘ldirilganini aniqladi
«Tolibon» hokimiyatni qo‘lga olgach, sobiq harbiylar va amaldorlarga qarshi zo‘ravonlikni boshlab yuborgani aytilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga Yordam Missiyasi (UNAMA) 2021 yil avgustida «Tolibon» harakati hokimiyatga kelganidan so‘ng, sobiq hukumatning kamida 218 nafar harbiy xizmatchisi va amaldori sudsiz qatl etilganini aniqladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» sobiq politsiyachilar, harbiylar, shuningdek, Afg‘oniston milliy xavfsizlik departamenti xodimlarini ta’qib qilgan. Aksariyat hollarda ular hibsga olingan va keyin o‘ldirilgan. Ba’zilari dom-daraksiz yo‘qolgan. Missiya «Tolibon»ning siyosiy muxoliflariga qarshi inson huquqlari buzilishining 800 dan ortiq holatlarini hujjatlashtirgan.
UNAMA tomonidan o‘tkazilgan intervyularda alohida respondentlar «Tolibon» xavfsizlik kuchlari qo‘lida qiynoqlar va shafqatsizlik holatlari haqida gapirgan. Ba’zi hollarda odamlar dom-daraksiz yo‘qolgan. Masalan, 2021 yil 2 oktabr kuni Hirot ayollar qamoqxonasining sobiq rahbari Aliya Aziziy ishdan uyiga qaytmagan. Uning qayerdaligi hozircha noma’lum.
BMT «Tolibon» hukumatini «aybdorlarni tergov qilish va javobgarlikka tortish»ga chaqirmoqda. Biroq, rasmiylar tergov e’lon qilgan holatlarda shaffoflik yo‘q va bu haqda hech kimga hisobot berilmayapti.
Avvalroq, BMT Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi vakili Jyeremi Lourens toliblar 2021 yil 15 avgustidan 2023 yil 30 iyuniga qadar, asosan, sobiq harbiy xizmatchilarga nisbatan kamida 144 ta qiynoq va 424 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olish holatlari haqida ma’lumot bergan edi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026