Rossiya armiyasidagi eng yuqori martabali mulozimlardan biri, Yevgeniy Prigojinning iyun oyidagi isyonidan keyin köriniş bermayotgan armiya generali Sergey Surovikin Rossiya havo kosmik kuçlari qömondoni lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda «Exo Moskva» sobiq boş muharriri Aleksey Venediktov öz Telegram-kanalida yozdi.

«Surovikin Havo kosmik kuçlari qömondoni lavozimidan böşatilib, mudofaa vazirligi tasarrufida qoldirilsin (farmon)», deb yozdi Venediktov öz kanalida.

Bu postdan bir neça daqiqa ötib uning kanalida yana bir post paydo böldi: «Ertaga Surovikinning onasi tuğilgan kun. Heç bölmasa qönğiroq qiliş imkonini berişarmikin?» deb yozdi jurnalist.

Farmon matni rasman e’lon qilinmadi. RF mudofaa vazirligi ham bu xabarni tasdiqlamagan.

Jurnalist Kseniya Sobçak esa, undagi ma’lumotlarga köra, Surovikin yopiq farmon bilan 18 avgust kuniyoq işdan olingani haqida yozdi.

Rossiyada armiya generali unvoniga ega kam sonli generallardan biri Sergey Surovikin 23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin boşçiligidagi vagnerçilar isyonidan buyon köriniş bermayapti. Isyon boşlanganda Rossiya oliy harbiy rahbariyati orasida faqat Surovikin vagnerçilarni töxtaşga çaqirib murojaat qilib çiqqandi. Ğarb naşrlarida esa Surovikin isyon haqida oldindan bilgani va unga xayrixoh bölgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prigojin isyoni vaqtida aynan Surovikin boşqaruvidagi havo kosmik kuçlari vagnerçilarga qarşilik qiliş uçun çiqqan va bir neça vertolyot urib tuşirilgandi. Isyon boşlangaç, Prigojin ustidan jinoiy iş oçildi, lekin isyonçilar Moskva yaqinida töxtab, ortga qaytib ketgaç, unga qarşi oçilgan iş tugatilib, unga Belarusga ketiş imkoni berildi.

AQŞning WSJ naşri isyondan keyin Surovikindan taşqari yana öndan ortiq yuqori martabali harbiy mulozimlar işdan ketgani haqida yozgan. Generalning qizi esa otasi iş joyida ekanini aytdi. Isyon kunidagi vagnerçilarga murojaatidan keyin Surovikin heç qayerda, hatto mudofaa vazirligi uçraşuvlarida ham köriniş bergani yöq.

Surovikin RF havo-kosmik kuçlariga 2017 yil 31 oktyabridan buyon rahbar edi. U Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlariga rahbarlik qilgan va general Armageddon laqabini olgan.

2022 yil oktyabridan 2023 yil yanvar oyiga qadar u Rossiyaning Ukrainadagi qöşinlari guruhiga qömondonlik qilgan, aynan uning qarori bilan Rossiya qöşini Dniproning öng sohilidan, jumladan Xerson şahridan olib çiqilgandi. U 2023 yil 11 yanvar kunida Ukrainadagi guruhning yangi qömondoni Valeriy Gerasimovga örinbosar bölgandi.