Bu yerda Janubiy Afrika va Braziliya prezidentlari, Hindiston boş vaziri, sammitdagi çiqişini sönggi daqiqada bekor qilgan Xitoy raisi va Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga oliş uçun order berilgani sababli Janubiy Afrikaga safarini bekor qilgan Rossiya prezidentining vakili bölgan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bor edi.
Çiqiş qildi, ammo kelmadi
Videoaloqa orqali çiqiş qilgan Rossiya prezidenti, Ukrainadagi uruş boşlanişi haqidagi öz versiyasini yana bir bor takrorladi.
Uning sözlariga köra, inqirozga ayrim mamlakatlarning mustamlakaçilik siyosatini davom ettirayotgani sabab bölgan va ularning «dunyo gegemonligini saqlab qoliş» istagi 2014 yilda Ukrainada «töntariş»ga olib kelgan, şundan söng Ğarb göyoki Rossiya javob berişi kerak bölgan uruşni «boşlagan».
«Rossiya insonlarni öz madaniyati, an’analari, tili va kelajagini saqlab qoliş uçun kuraşda qöllab-quvvatlaşga qaror qildi», degan Rossiya prezidenti «DXR» va «LXR»ga işora qilib.

Putin uruş deb ataşdan qoçadigan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari, uning sözlariga köra, «Ğarb Donbass aholisiga qarşi boşlagan uruşga çek qöyiş» uçun amalga oşirilgan.
Öz çiqişini Ğarbga qarşi ayblovlar bilan yakunlagan Vladimir Putin BRICS sammiti «xalqaro huquq va BMT nizomi asosidagi dunyo tartibini qöllaşi» va xalqlarning mustaqil rivojlaniş huquqini himoya qilişini eslatib ötişga qaror qilgan.
Şuningdek, u BRICS’ning ustuvor vazifasi Rossiya portlarini Fors körfazi va Hind okeanidagi yuk terminallari bilan boğlaydigan yangi, işonçli va xavfsiz transport yöllarini yaratiş bölişi kerakligini aytgan.
Putin ilm-fan, innovatsiyalar, soğliqni saqlaş, ta’lim va umuman, humanitar aloqalarni rivojlantiriş kabi sohalarda ham hamkorlikni kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi.
U yiğilganlarga BRICS’ning navbatdagi sammiti 2024 yil oktyabr oyida Rossiyada, aniqroği Qozonda ötkazilişi rejalaştirilayotganini xabar qilgan.
Keldi, ammo çiqiş qilmadi














