Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Çempionlar Ligasida Ğarb mintaqasining guruh bosqiçiga qur’a taşlandi va unda Özbekistonning 4 klubi ham öz raqiblarini bilib olişdi.

Özbekistonning amaldagi çempioni «Paxtakor» nisbatan oson guruhdan örin oldi. Uning guruhida Saudiya Arabistonidan yulduzlarsiz «Al Fayha» qatnaşadi.

Özbekiston Kubogi sohibi sifatida OÇLga çiqqan «Nasaf»ning guruhida esa umuman saudlar klubi yöq, jamoa ötgan yilgi raqibi «As Sadd» bilan bu safar ham guruhda töqnaş keldi.

OÇLga pley-off öyinlari orqali yöllanma olgan «Navbahor» turnir favoritlaridan biri, Saudiya Arabistonining nomdor jamoasi «Al Hilol»ga raqib böldi, bu jamoa şu yil yozda tarkibini kuçaytirib, Neymar, Kulibali, Mitroviç, Saviç, Neveş, Malkom, Yassin Bunu kabi futbolçilarni öz safiga qöşib olgan.

Özbekistonning pley-off orqali oğir yölni bosib ötgan yana bir jamoasi, Mirjalol Qosimov boşqaruvidagi OKMK esa Saudiya Arabistonining amaldagi çempioni «Al Ittihod» bilan guruhdoş böldi. Bu jamoa ham yozgi transferlar oynasida şov-şuvli transferlar amalga oşirib, Benzema, Kante va Fabino kabi yulduzlarni olib kelgan.

Saudlarning yana bir nomdor jamoasi, tarkibida Ronaldu, Mane, Taliska, Brozoviç, Lyaport kabi yulduzlari bor «An Nasr» klubi esa Tojikiston vakili «Istiqlol» bilan bir guruhdan joy oldi.

A guruhi
«Paxtakor» (Özbekiston) 
«Al Fayha» (Saudiya Arabistoni) 
«Ahal» (Turkmaniston) 
«Al Ayn» (BAA) 

V guruhi
«As Sadd» (Qatar) 
«Nasaf» (Özbekiston) 
«Al Faysali» (Iordaniya) 
«Şarja» (BAA) 

S guruhi
«Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni) 
«Sipohon» (Eron) 
«Eyr Fors» (Iroq) 
OKMK (Özbekiston)