«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojinning xususiy samolyoti 23 avgust kuni keçqurun — vagnerçilar isyonidan roppa-rosa ikki oy vaqt ötganida Tver oblasti Bologov rayoni Kujyenkino qişloği yaqinida qulab tuşdi. Bort halokatga uçragan qişloq RF prezidenti Vladimir Putinning Valdaydagi qarorgohidan 50 kilometr masofada joylaşgan. RF FVV halok oqibatida 10 kişi vafot etganini ma’lum qilgan, ularning uç nafari — ekipaj a’zolari bölgan. Voqea joyidan ön kişining jasadi qoldiqlari topilgan.

RF Tergov qömitasi harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalaniş qoidalarini buziş (RF JK 263-modda) böyiça jinoiy iş qözğatgan. Rosaviatsiya ham tekşiruv işlarini boşlagan. Idora ma’lumotiga köra, samolyot biznes taşuvlarga ixtisoslaşgan şuğullanuvçi «MNT-Aero» MÇJga tegişli bölgan. Tver oblasti gubernatori Igor Ruden samolyot halokati bilan boğliq vaziyatni şaxsan öz nazoratiga olganini ma’lum qilgan.

Rosaviatsiya Prigojin ham samolyot yölovçilari qatorida qayd etilganini xabar qilgan. Ammo u çindan ham bortga çiqqani oxirigaça aniq emas. Aviatsiya mavzusida işlovçi jurnalistlar «Verstka» naşriga Rosaviatsiya Prigojin qulagan samolyot yölovçilari röyxatida bölganini juda tez tasdiqlagani noodatiy köringanini aytişgan. «VÇK-OGPU» telegram-kanaliga köra, qulagan biznes-jyet bortida Prigojinning «öng qöli», «Vagner» XHK komandiri Dmitriy Utkin ham bölgan. Prigojinning matbuot xizmati, teleboşlovçi Kseniya Sobçakning sözlariga köra, samolyot halokati töğrisidagi savollarga javob berişdan boş tortgan. Jurnalist Andrey Zaxarov XHK asosçisi 23 avgust kuni xususiy harbiy kompaniyaning barça komandirlari bilan Afrikadan Rossiyaga uçib kelganini tasdiqlagan. «Fontanka» ma’lumotiga köra, biznesmen va yollanma jangçilar komandirlari halokatga uçragan samolyot bortiga çiqişgan. Ukrainaning Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi qismining ma’muriyati vakili Vladimir Rogov XHK jangçilari unga Prigojin va Utkinning ölimi haqidagi ma’lumotni tasdiqlaganini aytgan.

Aviahalokat joyida olingan surat

Prigojinning samolyoti havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilgan, demoqda «Vagner» XHKga yaqin bölgan Grey Zone telegram-kanali. Guvohlar samolyot havoda portlaganini tasdiqlaşgan. Mash manbasi esa, samolyot qulaşidan oldin guvohlar ikki marta kuçli «şovqin» eşitişganini xabar qilgan. Bu samolyotga taşqaridan zarba berilganini dalillaşi mumkin — odatda, bitta nişonga qarşi ikkita raketani uçiriş amaliyotda keng qöllanadi va nişonni yöq qiliş ehtimolini oşiradi. Videolarda samolyot qulayotganida bir qanoti yöqligini köriş mumkin, şuningdek uning stabilizatori ham ajralib ketgan. Boşqa bir versiyaga köra esa, portlaş sababi bortdagi terakt bölgan. RBK manbasi tergovçilar barça ehtimoliy versiyalarni körib çiqayotgani haqida aytgan, jumladan, uçuvçining xatosi, texnik nosozlik va «taşqi ta’sir» omillarini ham. FlightRadar ma’lumotiga köra, samolyot kötariliş vaqtida radarlardan ğoyib bölgan. Pilotlar esa dispetçerlarga noodatiy holat haqida xabar bermagan. Harbiy ekspert Yuriy Fedorov «Agenstvo» bilan suhbatda qayd etişiça, samolyotning qulaş trayektoriyasi (bu lahzalar guvohlar tomonidan olingan videolarda aks etgan) bortda portlaş bölganini körsatişi mumkin. U samolyotga zenit raketasi bilan zarba berilgani haqidagi versiyaga şubha bildirgan va roliklarda raketalar izlari yöqligiga e’tibor qaratgan. Qolaversa, samolyot bölgan balandlikdagi (8,5 kilometrdan ortiq) nişonni har qanday mudofaa tizimi ham urib tuşira olmaydi.