O‘zbekiston | 15:42 / 25.08.2023
5087
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda uy ekspluatatsiyasi uchun to‘lovlardan qarzi borlar elektr tarmog‘idan uzilishi mumkin

Shunday tartibni 2023 yil 1 oktyabrga qadar ishlab chiqish Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yuklatildi. 

Navoiy shahrida ko‘p qavatli uylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash, tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish uchun majburiy badal va to‘lovlardan qarzi borlarni elektr energiyasi tarmog‘idan uzish tartibi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin.

Bu O‘zbekiston prezidentining 15 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan ko‘p qavatli uylarni samarali boshqarish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da (.pdf) nazarda tutilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ushbu tartibni 1 oktyabrgacha ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklatilgan.

Qarorda bunday tartib qachondan joriy etilishi haqida ma’lumot berilmagan. Shu bilan birga, sinov muvaffaqiyatli chiqsa, O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bunday tartib qo‘llanishi haqida band yo‘q.

Mavzuga oid