OTMga suhbat asosida qabul qilingan texnikum bitiruvçilariga oid ma’lumotlar haqiqiyligini tekşiriş davom etyapti. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
22 avgust holatiga köra, oliy ta’lim muassasalariga öqişga tavsiya qilingan 2000 dan ortiq texnikum bitiruvçilariga tegişli bölgan ma’lumotlar örganilgan. Unda baholarni qalbakilaştiriş, ya’ni “3” va “4” baholarni “5” bahoga özgartirganlik holatlari va Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga suhbat asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori talablariga zid bölgan 68 ta holat aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.
Tekşiruv-örganiş işlarini Oliy ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens-nazorat” tizimini boşqariş bölimlari xodimlari rahbarligida 14 ta işçi guruh va har bir hududda bittadan işçi guruh olib boryapti.











