Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanepidqo‘mita Toshkent bozorlarida reyd o‘tkazmoqda
Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning bozor rastalarida sotilishi cheklanmoqda.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahri boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi mutaxassislari hamda bozor veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda bozorlarda reyd o‘tkazmoqda.
Jumladan, Eski Jo‘va dehqon bozorining savdo rastalarida sifati kafolatlanmagan mahsulotlarining sotilishini cheklash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotilishi, saqlanish jarayonida sanitariya-gigiyenik talablariga rioya qilinish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbirda iste’molga yaroqsiz 1070 kg oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, 980 kg sabzavot mahsulotlari, 30 kg go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 60 kg poliz mahsulotlari aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda savdodan olinib, brakeraj qilingan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilarga tegishli ko‘rsatmalar berilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
10:04
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
08:39
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:20
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
17:44 / 02.06.2026