BRICS taşkiloti kengaymoqda. Şu paytgaça Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasidan taşkil topgan bu taşkilotga yana 6 ta davlat qöşilmoqda. Bu yangi davlatlar – Argentina, Misr Arab Respublikasi, Efiopiya, Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari böladi. Şu paytga qadar faqat beşlikdan iborat BRICS uçun bu katta hodisa. Bu – global jarayonlarga sezilarni ta’sir qiladigan holat.
BRICS bugunga qadar, ğarbga muqobil bölgan global loyihaga aylanib ulgurdi. BRICSʼdagi iqtisodiy va siyosiy eng qudratli davlat bu – Xitoy. Xitoy Xalq Respublikasi – AQŞdan keyingi dunyoning ikkinçi iqtisodiyoti. Qolaversa, XXR va Rossiya – dunyo tartibotini reviziya qilayotgan yoki qilişga moyilligi oşib borayotgan davlatlar hisoblanadi.
BRICS – aksil-ğarb emas, ya’ni BRICSʼning vazifasi barça masalalarda faqat kollektiv ğarbga qarşi turiş emas. Lekin BRICS ğarbga muqobil geoiqtisod, geosiyosat va geomafkura şakllantiriş niyatida. Bir söz bilan aytganda, ğarb bilan ham hamkorlik qiluvçi, lekin rasmiy Vaşington global hokimiyatining pasayişidan yoki yiqilişidan manfaatdor bölgan davlatlar klubi hisoblanadi.
Endi kelasi 2024 yilda BRICSʼga yangi oltita davlat qöşilmoqda. Bu davlatlar içida uçtasi yaqin ötmişda AQŞning eng barqaror ittifoqçilari va hamkorlari edi, bular Saudiya Arabistoni, BAA va Misr. Bugungi kunda bu davlatlar Vaşingtondan biroz yoki jiddiygina masofa saqlab boşlaşdi. Oldingidek Vaşington nima desa şuni qiladigan davlatlar emas.
BRICSʼdagi eng vazmin ovoz – Pekinga tegişli. Rossiya esa BRICSʼni ğarb manfaatlariga qarşi bölgan klubga aylantiriş tarafdori. Saudiya, Misr va hatto BAA keyingi yillarda AQŞdan arazlagan yoki norozi bölgan davlatlarga aylandi. Argentina esa, köp ön yilliklardan beri AQŞdan masofa saqlab keladi. Umuman, Lotin Amerikasida Vaşingtonga töyinganlik va undan masofa saqlaşga moyillik har doim yuqori bölgan.
Xöş, BRICSʼning kengayişi nima oqibatlarga olib keladi? Vaşingtonga muqobil geosiyosiy qutb yanada kengayadi. Pekinning global komandasi yanada mustahkamlandi. BRICS doirasida, Pekin, Rossiya, Braziliya, Eron kabi Vaşingtonga qarşi bölib kelgan davlatlar, töliq birlaşdi. BRICS AQŞning iqtisodiy qudratini pasaytiriş böyiça, hamkorlikni kuçaytiradi. Dollar qudratini pasaytirişga imkoniyatlar izlanadi.
BRICS doirasidagi davlatlarning barçasi ham AQŞga qarşi emas, balki u bilan işonçli hamkorlik qiladiganlari ham bor. Bu davlatlar uçun BRICS özining global salohiyatini bozorga soliş va geosiyosiy çayqovçilik qiliş vositasi hisoblanadi. Hali Saudiya, BAA va ayniqsa, Hindiston ham Vaşington bilan aloqalarni pasaytiriş niyatida emas. BRICS ular uçun şunçaki global “bozor”: qaysi taraf köproq narx taklif qilsa, öşa tomonga ötiş uçun maydonça hisoblanadi. Umuman, dunyoda geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobat muhiti, juda kuçli oşib bormoqda. BRICS esa, mana şu raqobatni ifodalovçi eng yirik loyihalardan biriga aylanib bormoqda. Hali AQŞ qudratli, lekin BRICS – Vaşingtonning qudratiga eng köp soya soluvçi loyihaga aylanib borişi mumkin.












