Germaniyaning Hamburg hududi sudi tadbirkor Alişer Usmonovning Avstriyaning «Kurier» gazetasiga qarşi da’vo arizasini qanoatlantirdi. Naşr öz maqolasida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «sevimli oligarxi» deb atagan edi. Milliarder jurnalistlarni sudga berib, bunday bayonotni tuhmat deb atadi.

Avvalroq, gazeta rossiyalik tadbirkorlar va ularning Ukraina uruşidagi roli haqidagi maqola e’lon qildi. Unda Usmonov haqida şunday jumlalar bor: «Özbekistonda tuğilgan Usmonov «Putinning sevimli oligarxi» degan maqomga ega, Putinning özi unga şunday maqomni bergan».

Tadbirkor bunday bayonotlar öz huquqlarini poymol qilişini ta’kidladi. Jurnalistlar sudda Putin Usmonovni «sevimli oligarx» deb ataganiga dalil keltira olmadi.

Avvalroq, Germaniyaning Frankfurt-Mayn okrugi Alişer Usmonov işi böyiça mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan ötkazilgan bir qator tintuvlarni noqonuniy deb topdi.

Şundan söng, Alişer Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga özining «Dilbar» yaxtasida ötkazilgan tintuvlar yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu iş hozirda körib çiqilmoqda.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Alişer Usmonov boşqa köplab rossiyalik tadbirkor va siyosatçilar singari Yevropa Ittifoqi, şuningdek, AQŞ, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boşqa mamlakatlarning sanksiyalari ostida qoldi. Usmonov Yevropa sanksiyalarining sud orqali bekor qilinişiga erişmoqçi.