O‘zgartirishlar:

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizomga;

Vazirlar Mahkamasining 14.03.2019 yildagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti to‘g‘risidagi ustavga kiritilmoqda.

2024 yil 1 yanvardan boshlab yuridik maslahatchilar, ularning tashkiloti Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestriga kiritilgandan so‘ng, nafaqat xorijiy mamlakat huquqi, balki xalqaro huquq bo‘yicha ham maslahat berishga haqli bo‘ladi.

2025 yil 1 yanvardan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik to‘siqlar kelishuvining Vijdonan yondashish amaliyoti kodeksi talablari bajarilishini ta’minlaydi.