AQSh prezidentligiga nomzod Rossiyaga sanksiyalar bo‘yicha yengillik berishga tayyor
Respublikachi Vivek Ramasvami Moskvadan sanksiyalarni olib tashlashga va Rossiyaning Xitoy bilan harbiy ittifoqdan chiqishi evaziga egallab olingan Ukraina hududlari ustidan Rossiya nazoratini qabul qilishga va’da bermoqda.

Vivek Ramasvami Foto: Matt Rourke / AP
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlar qatoridan joy olgan tadbirkor Vivek Ramasvami sanksiyalar masalasida Rossiyaga yon berishga tayyor. Bu haqda biznesmen The American Conservative jurnalida 28 avgust, dushanba kuni chop etilgan maqolasida yozgan.
«Men sanksiyalarni bekor qilaman va Rossiyani jahon bozoriga qaytaraman», - deydi Ramasvami. Bundan tashqari, u «Rossiyaning Xitoy bilan harbiy ittifoqdan chiqishi evaziga» Ukrainaning «egallab olingan hududlari ustidan Rossiya nazoratini qabul qilishga» va Ukrainaning NATO a’zoligiga nomzodini bloklashga va’da bermoqda.
Ramasvami: Xitoy - Ukrainadagi urushning yagona g‘olibi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi bir yarim yillik urushidan so‘ng, Xitoy bu vaziyatda yagona g‘olib ekanligi tobora oydinlashmoqda, deb hisoblaydi tadbirkor. Ramasvami Ukrainada tinchlikni «yagona shartlarda» - «Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan» sharoitda ta’minlash niyatida.
AQSh prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati Xitoy rahbari Si Jinpingni Rossiya prezidenti Vladimir Putindan uzoqlashishga majburlashga «ahmoqona harakat qildi», deb ta’kidlaydi tadbirkor. «Aslida biz Putinni Si Jinpingdan uzoqlashishga majburlashimiz kerak», deya qo‘shimcha qildi u.
AQShda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Ramasvamidan tashqari sobiq prezident Donald Tramp, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Florida gubernatori Ron Desantis, Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli, Janubiy Karolinadan senator Tim Skott, Arkanzas sobiq gubernatori Asa Xatchinson va Shimoliy Dakota gubernatori Dug Bergum poygada ishtirok etishini e’lon qilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

20:46 / 27.05.2025
Boltiq dengizida Rossiya flotining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Unda 20 ta jangovar kema va 3 ming harbiy ishtirok etmoqda

20:37 / 27.05.2025