Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har 3 yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etiladi:

2023 yil 1 oktyabrdan:

loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;

loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;

pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar;

2024 yil 1 yanvardan:

nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;

ekspert tashkilotlari ekspertlari;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari;

2024 yil 1 apreldan:

tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.

Bunda, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ funksiyasi Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi.