Jamiyat | 08:07 / 29.08.2023
11859
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazidagi ko‘chaning bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi

Yakub Kolas ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar Mirobod tumanining Yakub Kolas ko‘chasi hududida 18x6 metr uzunlikdagi 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 28 avgust kunidan 4 sentabr kuniga qadar Yakub Kolas ko‘chasining Mirobod tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi yonidan 20 metr uzunlikdagi (110-umumta’lim maktabi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.

Hokimlik haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid