Rossiya tomoni Braziliya Aviahalokatlarini tekşiriş va oldini oliş markaziga (CENIPA) «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asosçisi Yevgeniy Prigojinning ölimiga sabab bölgan Embraer Legacy 600 samolyoti halokati böyiça hozirça xalqaro qoidalarga muvofiq tekşiruv ötkazişni rejalaştirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda 29 avgust, seşanba kuni Reuters xabar berdi.

Braziliya idorasiga javob avvalroq tergov harakatlarida iştirok etiş haqidagi sörovga muvofiq taqdim etilgan. Prigojin foydalangan Embraer biznes-jyeti işlab çiqaruvçisi Braziliya kompaniyasi bölib, şuni inobatga olgan holda Braziliya tergovda yordam berişni taklif qildi, deb yozadi Reuters. Şu bilan birga, CENIPA bunday hamkorlik «aviatsiya xavfsizligini yaxşilaşga» yordam berişini ta’kidladi, ammo bu faqat xalqaro qoidalarga muvofiq tekşiruv ötkazilgan taqdirdagina röy berişi mumkin. 

Reuters agentligining qayd etişiça, Rosaviatsiya CENIPA’ga rad javobi berişga haqli, çunki Prigojinning samolyoti xalqaro emas, balki içki reysni amalga oşirgan. Braziliya tomoni kelajakda uşbu turdagi samolyotlar bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan hodisalarning oldini olişga intilmoqda, biroq rossiyalik hamkasblarining xatti-harakatlari CENIPA va samolyot işlab çiqaruvçisi Embraer uçun qiyinçiliklar tuğdirmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik. Rossiyaning Braziliya taklifini qabul qilişdan boş tortişi «şaffof tergov bölmasligini» körsatadi, dedi Reuters manbasi, aviahalokatlarni tekşiriş böyiça ekspert Jyeff Gazzetti. 

Prigojinning dafn marosimi belgilangan harbiy jarayonlarsiz ötdi 

23 avgust kuni aviahalokatda hayotdan köz yumgan «Vagner guruhi» asosçisining dafn marosimi 29 avgust kuni Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida bölib ötdi. U bilan xayrlaşuv yopiq formatda ötkazildi. 

«Vagner» yollanma askarlari va Prigojinning boşqa tarafdorlari dafn marosimiga taklif qilinmagan - OAV xabarlariga köra, marosimda faqat uning yaqinlari iştirok etgan. «Vagner» XHK rahbarini dafn etiş paytida harbiy odatlarga ham rioya qilinmagan, aslida esa, prezident farmoniga köra, Rossiya Qahramoni unvoniga ega bölgan odamlarning dafn marosimi tegişli jarayonlar bilan ötişi kerak. 

Isyondan ikki oy ötgaç yuz bergan aviahalokat 

Yevgeniy Prigojinga tegişli biznes-jyet Moskvadan Sankt-Peterburgga ketayotganda Tver viloyatida halokatga uçradi. Samolyot bortida uç nafar ekipaj a’zosi va yetti nafar yölovçi, jumladan Prigojinning özi va «Vagner» XHK asosçilaridan biri Dmitriy Utkin bölgan.