Bugun, bayram kunlari arafasida, butun respublika böyiça ertalab yomğir töxtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.

“Özgidromet” xabariga köra, bugun va 1-3 sentabr, bayram kunlari Özbekistonning barça hududlari böyiça havo biroz bulutli böladi, ba’zi joylarda özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi, kunduzi +25...+30 daraja bölgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin kuzatiladi, harorat +14...+17 daraja atrofida böladi.

Poytaxtda 31 avgust, 1-2 sentabr kunlari havo asosan kam bulutli böladi, 3 sentabrda bulutlilik biroz kuçayadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +26...+29 daraja, keçasi +15...+17 daraja böladi.