O‘zbekiston | 08:49 / 31.08.2023
7409
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilda o‘zbekistonlik ishchilarning vaqtincha mehnat faoliyatiga oid hujjat ishlab chiqiladi

Tel-Avivda O‘zbekiston va Isroil ishlab chiqaruvchilari hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston elchisi Feruza Mahmudova Isroilning Ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti Ron Tomer bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Tadbir davomida asosiy e’tibor ikki davlat uchun istiqbolli bo‘lgan elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, respublika malakali ishchilarining Isroilda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga oid tegishli hujjatni ishlab chiqishga kelishildi.

Isroil tomonining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning keng sanoat salohiyati va yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan tanishish maqsadida uyushma delegatsiyasi yaqin istiqbolda O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Isroil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi 1921 yilda tashkil topgan bo‘lib, 2 mingdan ortiq turli uyushma va korxonalarni birlashtiradi. Tashkilot iqtisod, mehnat, tashqi savdo aloqalari, moliya va kommunikatsiya bo‘limlaridan iborat. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid