«Turkiya va Rossiya yetakçilari uçraşuvi tez orada Rossiyada ötkaziladi», dedi Peskov bu haqda qisqa qilib. OAVda Erdöğan va Putin 4 sentabr kuni Soçida uçraşişi haqida xabarlar tarqalgandi. Peskov bu xabarga munosabat bildirişni istamagan.
Avvalroq Putin Erdöğan bilan uçraşiş uçun Turkiyaga bormasligi haqida xabarlar paydo bölgandi. Vaholanki, avgust oyi boşida ikki prezidentning telefondagi suhbatidan keyin Erdöğan rossiyalik hamkasbi muzokaralar uçun Turkiyaga borişi haqida xabar qilgandi. Biroq öşanda suhbat haqidagi xabarda Kreml bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
Rus naşrlarining yozişiça, ikki prezident örtasidagi uçraşuv Hindistondagi «Katta yigirmalik» yiğilişidan avval ötkaziladi. Turkiya hukmron partiyasi rasmiy vakili Umar Çelik Erdöğan 4 sentabrda Soçiga borişini tasdiqlagan. «Janob Putin Turkiyaga kela olmayotgani sabab bizning prezidentimiz Rossiyaga boradi. Sanasini ham aytişim mumkin: janob Erdöğan 4 sentabr kuni Soçiga boradi», degan u mahalliy telekanal efirida.












