31 avgust, payşanba kuni AQŞ sudi Proud Boys («Mağrur yigitlar») ultraöngçilar guruhining sobiq rahbari Jozef Biggsni 2021 yil 6 yanvar kuni Kapitoliyga bostirib kirişda iştirok etgani uçun 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi. May oyida Vaşingtondagi hakamlar hay’ati Biggs va uning uç tarafdorini fitna hamda isyonga undaşda aybladi.
Sud qarorida aytilişiça, Iroq uruşi faxriysi va Infowars konspirologik saytining sobiq muxbiri Biggs «hukumatga qarşi qözğolon»ni boşqariş uçun «özining harbiy tajribasidan katta odamlar guruhlarini yönaltiriş va nazorat qiliş maqsadida foydalangan». Şuningdek, unda aytilişiça, «Biggs özini va harakatini ikkinçi Amerika inqilobi jangçilari sifatida körgan, bunda u va boşqa «vatanparvarlar» kuç bilan hokimiyatni qaytarib olişni rejalaştirgan».
Prokuratura Biggsni 33 yilga ozodlikdan mahrum etişni söragan. Biroq, sudya Timoti Kellining ta’kidlaşiça, u «zöravonlik kölamini pasaytirişga urinmayotgan bölsa-da», 6 yanvardagi tartibsizliklar köp sonli qurbonlarga olib kelmagan. Bundan taşqari, Biggs uçun qattiqroq hukm tartibsizliklarning boşqa iştirokçilariga berilgan hukmlardan farq qiladi, dedi Kelli.
Biggsning özi esa jarayon davomida qilmişidan puşaymon bölib: «Men terrorçi emasman, qalbimda nafrat yöq», dedi.
2021 yil qişda Kapitoliyga hujum
2021 yilning 6 yanvarida öşa paytdagi prezident Donald Trampning minglab tarafdorlari AQŞ Kongressi amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganini tasdiqlamasligi uçun Kapitoliy binosiga bostirib kirdi. Oqibatda tört nafar tartibsizlik qatnaşçisi va bir politsiyaçi halok böldi, yana 140 nafar politsiyaçi yaralandi.
Hammasi bölib, Kapitoliyga bostirib kiriş böyiça tergov davomida mingdan ortiq odamga, jumladan Trampning öziga ham ayblovlar qöyildi. Oath Keepers («Qasamyod qiluvçilar») öng guruhi asosçisi Styuart Roudsga 25 may kuni çiqarilgan hukm eng qattiq jazo bölib qolmoqda - unga 18 yil qamoq jazosi berilgan. Sobiq desantçi, keyinçalik advokat bölgan Rouds sud jarayonida özini «siyosiy mahbus» deb atagan.

















