Armaniston va Ozarboyjon bir-birini hududlarini öqqa tutganlikda aybladi. Armaniston Mudofaa vazirligi 1 sentabr, juma kuni ertalab Ozarboyjondan öqqa tutilişi natijasida bir kun avval ikki arman harbiy xizmatçisi halok bölganini ma’lum qildi. 

«Ozarboyjon Qurolli kuçlari tomonidan Armanistonning Sotka uçastkasidagi (Armaniston şarqidagi Gegarkunik viloyati) pozitsiyalari öqqa tutilişi natijasida Armaniston Qurolli kuçlarining ikki nafar harbiy xizmatçisi halok böldi, bir nafari yaralandi», — deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi xabarida.

Avvalroq Ozarboyjon Mudofaa vazirligi uç nafar ozarboyjonlik harbiy yaralangani haqida xabar bergan edi. 

Ozarboyjon tomoni ma’lumotlariga köra, Armaniston uçuvçisiz uçoği Ozarboyjon armiyasining Kelbajar viloyati hududida joylaşgan pozitsiyalariga uyuştirgan hujumi natijasida ikki nafar askar jarohatlangan. 1 sentabr kuni ertalab Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armaniston tomoni Basarkeçar tumani Zod hududida joylaşgan pozitsiyalaridan öqqa tutgani haqida xabar berdi. 

AQŞ Bokuni «TQR»ga yordamni ötkazib yuborişga çaqirdi 

Ayni paytda, AQŞ Ozarboyjonni isyonkor Toğli Qoraboğ ozar hududiga zudlik bilan insonparvarlik yordami kirib borişiga ruxsat berişga çaqirdi, bu yerda aholisining aksariyati - armanlar. AQŞ Davlat departamenti mintaqadagi humanitar vaziyat yomonlaşganidan xavotir bildirdi. 

«Biz Loçin yölagini humanitar, tijorat va yölovçi transporti uçun zudlik bilan oçişga, tinç aholi uçun muhim yuklarni taşiş vositalarini kelişib olişga çaqiramiz. Asosiy humanitar yordam heç qaçon siyosiy kelişmovçiliklar garoviga aylanmasligi kerak», — deyiladi AQŞ Davlat departamenti bayonotida.