Yangi öquv yilidan maktablarda xorijdan maxsus taklif etilgan 500 nafar ingliz tili mutaxassislari dars beradi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev mustaqillikning 32 yilligiga bağişlangan bayram tantanasida aytib ötdi.
«Siyosiy mustaqillik zamirida eng avvalo iqtisodiy mustaqillik yotişi heç kimga sir emas. Oxirgi yillarda amalga oşirgan işlarimiz, erişgan natijalarimiz bu yölda mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda. Sönggi 6 yilda yurtimizda yalpi içki mahsulot hajmi 1,5 martadan ziyod, tadbirkorlik sub’yektlari soni 2 karra köpaygani, sanoatdagi ösiş 40 foizdan oşgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Qisqa muddatda kambağallikni 2 barobardan ziyod qisqartirişga erişdik. Lekin biz bugun bilan keçagi kunni emas, bugun bilan ertangi kunni taqqoslaşimiz, işimizni şu asosda taşkil etişimiz kerak. Zero, kelajak bugun biz taşlayotgan qadamlardan boşlanadi.
Biz mutafakkir zotlarning: «Davlatning vazifasi insonlarni baxtli-saodatli qilişdir. Bu maqsadga esa ilm va yaxşi axloq yordamida erişiladi», degan hikmatli sözlarini özimiz uçun dastur deb bilamiz.
Ma’lumki, biz bir yil avval taraqqiyotimizning 5 ta asosiy yönalişini belgilab olgan edik. Unda ta’lim sohasini rivojlantiriş birinçi galdagi ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan. Men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, deb ta’kidlaşim bejiz emas. Çunki ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erişa olmaymiz. Har qanday muammoning yeçimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvçi omil ham, şubhasiz, ta’limdir.
2022 yili mamlakatimizda 72 ta yangi maktab qurildi, 279 tasi kapital ta’mirdan çiqarildi, 514 ta maktab esa rekonstruksiya qilindi. Maktablar uçun 30 mingdan ortiq kompyuter xarid qilindi. Yangi öquv yilidan respublikamiz maktablarida xorijdan maxsus taklif etilgan 500 nafar ingliz tili mutaxassislari bolalarimizga dars beradi. Boşlanğiç sinf öquvçilari ilğor xorijiy tajriba asosida işlab çiqilgan yangi dastur va darsliklar böyiça öqiy boşlaydilar.
Xuddi şu kabi, soğliqni saqlaş, biznesni rivojlantiriş, sud tizimini takomillaştiriş hamda suv va yoqilği-energetika muammolarini hal etiş yuzasidan katta loyihalar boşlangan.
Yana bir bor ta’kidlayman: uşbu belgilangan ustuvor yönalişlar bizning doimiy e’tiborimiz markazida böladi», dedi prezident.












