Qozoğiston şimolida kuydirgi kasalligi tarqalgani qayd etildi. Oqmöla viloyati veterinariya boşqarmasi ma’lumotiga köra, hodisa Jarqayn tumani Uşkarasu qişloğida sodir bölgan.
Qayd qilinişiça, xöjaliklarda 37 boş qoramol nobud bölgan. Ularning göşti qişloq aholisiga tarqatilgan. Oqibatda, 12 kişi kuydirgi gumoni bilan şifoxonaga yotqizilgan, 10 nafarida taşxis tasdiqlangan. Ularning barçasi Yesil tumani şifoxonasining yuqumli kasalliklar bölimida. Bundan taşqari, mutaxassislar bemorlar bilan aloqada bölgan 22 nafar şaxsni aniqlagan.
Uşkarasu qişloğida karantin joriy qilingan. Hozirda dezinfeksiya işlari olib borilmoqda. Zararlangan göşt yöq qilingan.
Kuydirgi — odam va hayvonlarda uçraydigan ötkir yuqumli kasallik, zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Odamga kasal hayvonlardan — hayvonni söyiş, göştini nimtalaş vaqtida, şuningdek, suv, tuproq, çorvaçilik çiqindilari orqali yuqadi. Odatda, kasallik şu soha xodimlarida, ya’ni hayvonlar bilan bevosita muloqotda böladigan kişilarda köproq kuzatiladi. Infeksiya soğlom odam organizmiga nafas yöllari, teri va oğiz orqali tuşişi mumkin. Kasallik vaqtida davolanmasa, şakliga qarab, ölim darajasi 90-95 foizni taşkil qilişi mumkin.












