4 sentabr kuni Soçida RF va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan örtasida muzokaralar ötkaziladi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Avvalroq Bloomberg turklar prezidenti Rossiyada Putin bilan uçraşişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergandi. Agentlik ma’lumotiga köra, muzokaralarning asosiy mavzularidan biri ğalla kelişuvini tiklaş masalasi bölişi kerak.
Erdöğan kelişuvni «kengaytirilgan» formatda qayta tiklaşga kömaklaşiş niyatida ekanini bildirgandi. Uning sözlariga köra, ğarb mamlakatlari kelişuvni Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik bitimlari asosiga aylantirişga yordam berişi lozim.
RF hukumati ğalla kelişuvidan 17 iyul kuni çiqqan, bunga kelişuvning Rossiyadan öğit eksportini osonlaştiriş böyiça qismi bajarilmayotganini sabab qilib keltirgandi. Şundan söng Rossiya qöşinlari Ukraina janubini öqqa tutib, ğalla kelişuvida foydalanilgan port infratuzilmalarini yöq qilişga kirişgandi.













