Buyuk Britaniya sobiq mudofaa vaziri Ben Uolles iste’foga çiqişidan oldin Amerikaning 14 dona Chinook H-47 vertolyotlari yetkazib berilişi böyiça 2,3 milliard funt sterlinglik şartnomani bekor qilişga urinib, AQŞ bilan diplomatik mojaro keltirib çiqargan. Bu haqda The Sunday Times manbasi xabar bermoqda.
Şartnomaga köra, Boeing kompaniyasi işlab çiqargan vertolyotlar yetkazib berilişi 2026 yilda boşlanişi kerak bölgan. Pentagondagilar bu maşinalar Buyuk Britaniyaga AQŞ hamda NATOning boşqa mamlakatlari bilan birgalikdagi qöşma amaliyotlarda iştirok etiş uçun zarurligini bildirgan. Ammo, gazeta suhbatdoşiga köra, sönggi haftada Ben Uolles bu kelişuv töğriligi böyiça şubhaga borib, Buyuk Britaniya mudofaa budjetiga bosimni kamaytiriş maqsadida uni bekor qilişni taklif etgan.
10 avgust kuni u Pentagon rahbari Lloyd Ostinga xat yöllab, unda Londonning vertolyotlar xaridi böyiça kelişuvni qayta körib çiqiş rejalaştirilayotganini bildirgan. Bunga javoban Amerika hukumati Buyuk Britaniya elçisi Karen Pirsni çaqirtirib, u orqali boş vazir Rişi Sunakka kelişuvni bekor qiliş «yomon ğoya» ekanini bildirgan. The Times manbalariga köra, britaniyalik mulozimlar amerikalik hamkasblarini Uolles lavozimini tark etgaç, muammo hal etilişiga işontirişgan.
Britaniya hukumatining ayrim a’zolari Uolles öz harakatlari bilan AQŞ prezidenti uning NATO boş kotibligiga nomzodini qöllamagani uçun amerikaliklarni afsuslantirmoqçi bölgan, degan fikrda. Ammo vazirning atrofidagi kişilar bu ikki holatning aloqadorligini rad etişmoqda. Uolles avval ham qimmatbaho kelişuvlarga qarşi bölib kelgan. Buyuk Britaniyada allaqaçon Amerikaning 60 ta Chinook vertolyoti mavjud va uning transport aviatexnika parki NATOning Yevropadagi a’zolari orasida eng yirigi hisoblanadi.
- Ben Uolles 2019 yil iyulidan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri edi. U Britaniya hukumati RF qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bosqiniga tezkor reaksiya qilişida muhim rolni öynagan. Xususan, Buyuk Britaniya ğarb mamlakatlari içida birinçi bölib Ukrainaga 250 kilometrdan ortiq radiusda harakatlana oluvçi Storm Shadow qanotlari raketalarini yetkazib bergan mamlakatga aylangan. Uolles 2023 yil 31 avgust kuni iste’fo berdi, uning örnini esa energetika vaziri Grant Şapps egalladi.












