Singapur boş vazirining sobiq örinbosari Tharman Şanmugaratnam mamlakatda bölib ötgan prezidentlik saylovida 70,4 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi.
Uning saylovdagi raqiblari Ng Kok Song va Tan Kin Lian mos ravişda 15,72 foiz va 13,88 foiz ovoz töpladi. Saylovda jami 2,48 milliondan ortiq singapurlik ovoz berdi.
Tharman Şanmugaratnam 1957 yilda tuğilgan, Xalq harakati partiyasi vakili. Kasbi iqtisodçi bölgan Tharman butun mehnat faoliyatini Singapur davlat xizmatlarida ötkazgan va asosan iqtisodiy-ijtimoiy siyosat bilan boğliq lavozimlarni egallagan.












