2023 yil 31 avgust kuni Lyuksemburg şahrida Özbekiston va Lyuksemburg örtasida ikki mamlakat munosabatlari tarixidagi ilk siyosiy maslahatlaşuvlar bölib ötdi, deb xabar qiladi “Dunyo”.

Muloqot çoğida Özbekiston va Lyuksemburg kun tartibidagi keng kölamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-humanitar, şartnomaviy-huquqiy bazani kengaytiriş kabi sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni taraqqiy ettiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantiriş, qöşma investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etiş, özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, jumladan özbek töqimaçilik mahsulotlarini uşbu davlatga eksport qiliş böyiça takliflarga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, bank, moliyaviy xizmatlar, soğliqni saqlaş, migratsiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş yönalişlarida özaro aloqalarni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuvda Yevropa Ittifoqi va xalqaro taşkilotlar doirasidagi özaro hamkorlik, mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.