Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guanchjoudan Toshkent yoki Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
Guanchjou shahrida Janubiy Xitoydan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi bosh konsulligi xodimlari Guandun provinsiyasi Madaniyat va turizm departamenti direktorining o‘rinbosari Zang Yimin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar bugungi kunda Xitoyning Sian, Pekin, Chendu va Urumchi shaharlaridan Toshkentga haftasiga 12 ta havo qatnovlari amalga oshirilayotganligi yuqori baholadi. Guanchjou shahridan Toshkent yoki Samarqand shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ikki tomon uchun ham yanada manfaatli bo‘lishi qayd etildi.
Xitoy vakili joriy yilning 15-17 sentabr kunlari Guanchjou shahrida o‘tkaziladigan Xitoy xalqaro turizm industriyasi ko‘rgazmasiga O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi rahbariyatini va mamlakat turkompaniyalarini taklif qildi. O‘z navbatida, Xitoy tomoni 15-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga taklif qilindi.
Muloqot so‘nggida tomonlar xitoylik turistlarni mamlakatga tashriflarini ko‘paytirish maqsadida joylarda tadbirlar o‘tkazish, Silk Road brendini Janubiy Xitoy hududida keng targ‘ib qilish, san’at asarlari taqdimotini o‘tkazish va Guanchjou markaziy kutubxonasida o‘zbek tilidagi kitoblar burchagini ochishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026