Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötyapti. Majlisda deputatlar tomonidan «Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş orqali milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boşqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini tarğib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan şaxslar örtasida nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşirganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.
Loyiha bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bölib yaşaşni tarğib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini oçiqdan oçiq inkor etganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Jamoat tartibini saqlaş böyiça körilayotgan çoralar, xususan «Xavfsiz şahar» konsepsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oşiriş maqsadida jamoat joylarida şaxsini identifikatsiya qiliş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösgan holda bölganlik uçun ma’muriy javobgarlik çorasi kiritilmoqda.
Bunda, javobgarlikni istisno qiluvçi holat sifatida tibbiy körsatma asosida yoki mehnat va xizmat faoliyati bilan boğliq holatlarda yoxud yöl-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlaş uçun kiyiladigan maxsus boş-kiyimda yoki sport va madaniy tadbirlar paytida ularning iştirokçilari tomonidan, şuningdek, qonunçilikda ruxsat etilgan boşqa holatlarda yuzini tösgan holda böliş holati belgilanmoqda.
Majlisda qayd etilişiça, bu qonun loyihasining qabul qilinişi jamiyatda millatlararo totuvlikni, diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaşga hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini işonçli himoya qilişga, şuningdek jamoat tartibini saqlaş böyiça körilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qilinib, Senatga yuborilişi belgilandi.












