Özbek qöşiqçilik san’ati yana bir namoyandadan ajraldi: Özbekiston va Tojikiston xalq artisti Şerali Jörayev, 4 sentabr kuni 77 yoşida vafot etdi. 

Hofiz, sozanda, şoir, bastakor Şerali Jörayev 1947 yilning 12 aprelida Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan. 

1987 yil Özbekiston xalq artisti unvonini olgan. 2018 yilda Şerali Jörayevga Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan edi.  

Şerali Jörayev Toşkent teatr va rassomçilik institutini, söngra Mannon Uyğur nomidagi Toşkent davlat san’at institutini tugatgan.  

Şerali Jörayev özbek davlat estradasi (1972–1973), “Şodlik” aşula va raqs ansambli (1972–1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979–1986), Özbek davlat filarmoniyasi (1986–1996), “Özbeknavo” birlaşmasida (1999 yildan) yakkaxon xonanda bölgan. 

Navoiy nomidagi davlat mukofoti laureati (1991 yil), 2018 yilda “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni berilgan. 

2022 yilning 12 aprelida Prezident farmoniga binoan özining 75 yillik yubileyida Şerali Jörayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan. 

Jörayevning qöşiqlari özbeklar orasida yaxşi tanilgan. Bugungi kungaça ijro etgan qöşiqlari soni 600 dan oşadi. 

Şerali Jörayev aksar qöşiqlarining kuyini özi bastalagan. Ular orasida “Birinçi muhabbatim”, “Özbegim”, “Karvon”, “Aççiq haqiqat”, “Yaralgan”, “Oşiqlar sardori”, “Inson qasidasi”, “Oşiq böling” va boşqalar bor. Ba’zi qöşiqlarining matnini ham özi yozgan. Bular orasida “Bobo Dehqon”, “Zamon”, “Qaraşlarga”, “Ona Turkiston”, “Sohibqiron”, “Döst bölsang, yonimda tur”, “Qayon ketmoqdasiz?” aşulalari bor. 

Kun.uz tahririyati marhumning oila a’zolariga, yaqinlari va san’atining muxlislariga hamdardlik bildiradi.