Payme foydalanuvchilari minglab o‘quvchilarga maktab sumkalari va sport uskunalarini tuhfa qilishdi

Foto: Payme
“Payme” foydalanuvchilari ilovada to‘plagan ballarini yana bir bor “Payme Mahalla” platformasining ezgu missiyalariga sarflashdi. Buning natijasida o‘quvchilar ryukzaklar, o‘quv anjomlari va sport uskunalariga ega bo‘lishdi.
“Payme” kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari va “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda “Payme Mahalla” platformasining ikkita yangi missiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu faollik natijasida O‘zbekistonning turli chekkalarida ta’lim oluvchi o‘quvchilarga maktab sumkalari, o‘quv anjomlari va sport uskunalari yetkazildi.
“Payme Mahalla” – bu “Payme” ilovasida to‘lovlar orqali to‘plangan ballarni sarflagan holda ijtimoiy muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash imkoni. Loyihada ishtirok etgan har bir foydalanuvchi muhim masalalarga yechim topishga o‘z hissasini qo‘shishi, atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin.
Birinchi missiya Namangan viloyatidagi uchta maktabni sport uskunalari bilan ta’minlashga qaratildi. Yakunda 3000 mingdan ziyod o‘quvchi sport bilan shug‘ullanishi uchun maktablarga koptoklar, basketbol, voleybol va stol tennisi to‘plamlari, shuningdek, gimnastika uskunalari sovg‘a qilindi.
Ikkinchi missiya doirasida ishtirokchilar Xorazm, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablariga ryukzaklar va o‘quv anjomlari tuhfa qilishdi. Ushbu tashabbus natijasida o‘quvchilar yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan barcha kerakli o‘quv qurollariga ega bo‘lishdi.
“Payme Mahalla” – bu biznes tomonidan ijtimoiy mas’uliyat namoyish etilishiga yaqqol misol. Kompaniya va uning foydalanuvchilari xayriya loyihalarida faol ishtirok etib, O‘zbekistonning eng chekka hududlarida ta’lim olayotgan bolakaylar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga intilib keladi.
“Payme”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling, yangiliklarni kuzatib boring va “Payme Mahalla” platformasining yangi missiyalarida ishtirok eting.
Payme ilovasini iOS va Android uchun yuklab oling.
Instagram: @payme.uz
Facebook: fb.com/payme.uz
Telegram: t.me/payme_uz
Youtube: https://ad.payme.uz/mhkn
Reklama
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?

14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi

12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi

18:57 / 22.01.2024