Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga e’tibor qaratildi.
Jumladan, pedagogik kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda ta’lim jarayonlarini tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va professorlar akademik almashinuvi hamkorlikning samarali usullaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

BPDU rektori A.Juk Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Muloqot yakunida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.











