Narendra Modi boşçiligidagi Hindiston hukumati 18-22 sentabr kunlari bölib ötadigan parlament yiğilişida mamlakatning rasmiy nomini Bharat qilib özgartirişni qöllab-quvvatlovçi rezolyutsiyani taqdim etişi mumkin. Bu haqda Economic Times xabar berdi. Biroq, bölajak parlament sessiyasi kun tartibi hali rasman e’lon qilinmagan.
9 sentabr kuni Hindiston poytaxtida G20 sammiti ötkaziladi. An’anaviy keçki ovqatga taklifnoma «Hindiston prezidenti» nomidan emas, balki «Bharat prezidenti» nomidan jönatilgan. Hindiston milliy kongressi rahbari Jairam Rameş buni tasdiqladi.
«Bu xabar - haqiqat. Endi Konstitutsiyaning 1-moddasini quyidagiça öqiş mumkin: «Bharat, bu Hindiston, Qöşma Ştatlar Ittifoqi bölişi lozim», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Bharat — Hindistonning hindi tilidagi rasmiy nomi bölib, mamlakat Boş Qomusida qayd etilgan. Hindiston Konstitutsiyasining 1-moddasiga binoan, ikkala nomdan foydalanişga ruxsat berilgan.
Hindistonning hukmron «Bharatiya Janata» partiyasi vakillari mamlakat nomini Bharat deb özgartirilişini qöllab-quvvatlamoqda. Ularning fikriga köra, Hindiston (inglizçada India) nomi Britaniya mustamlakasidan qolgan «qullik ramzi», Bharat nomi esa qadim zamonlardan beri mavjud.
«Britaniyaliklar Bharat nomini Hindistonga özgartirdi. Konstitutsiyaning 1-moddasida şunday deyilgan: «Hindiston – Bharat». Mamlakatimiz ming yillar davomida «Bharat» nomi ostida mavjud... Bu qadimgi sanskrit matnlarida uçraydigan mamlakatning qadimiy nomi. «Hindiston» nomi mustamlakaçi hukumat tomonidan berilgan va şuning uçun qullik ramzidir. «Hindiston» nomi Konstitutsiyadan olib taşlanişi kerak», dedi deputat Nareş Bansal.
Hukmron partiyaga muxolif bölgan INDIA (Hindiston milliy inklyuziv rivojlaniş alyansi) bloki bu taşabbusni qoralamoqda. Ular buni «Bharata janatiya» partiyasining obrösini kötarişga uriniş sifatida baholamoqda.
«Hindiston öz nomini Bharatga özgartirsa, «Bharata janatiya» partiyasi Bharat sözini boşqa söz bilan almaştiradimi? Agar ba’zi partiyalarning nomida Hindiston sözi bölsa, unda mamlakat nomini özgartiriş şartmi? Agar INDIA bloki nomini Bharat deb özgartirsa, u holda «Bharata janatiya» partiyasi ham nomini özgartiradimi?», dedi Dehli boş vaziri Arvind Kejrival.
Şu bilan birga, deputat Sanjay Singh Hindistonning rasmiy nomini özgartiriş masalasini, hukumatning amaldagi Konstitutsiyani özgartirişga uriniş sifatida baholadi.












