Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna giyohvandlik moddasi to‘xtatildi
Aeroport orqali 8,5 tonna ko‘knori somoni olib o‘tilayotgani aniqlandi. Ular hujjatda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida bo‘lgan. Bitta holatda shuncha giyohvandlik vositasi aniqlanishi bojxona tizimining 30 yillik tarixida ilk bor qayd etilgan.

Foto: Bojxona
Toshkent xalqaro aeroportida bojxona organlari tomonidan yirik miqdorda giyohvandlik vositasi fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona komleksining “Aviayuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikaga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Odatda turli pishiriqlarga qo‘shiladigan yoki yuzasiga sepiladigan qandolat ko‘knorisi garchi o‘xshash bo‘lsa-da, an’anaviy ko‘knori giyohvandlik vositasidan tubdan farq qiladi. Ya’ni ushbu mahsulot ko‘knori oilasiga mansub o‘t o‘simliklarning maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan urug‘lari hisoblanadi.
Ammo bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlangan. Ko‘knor somoni mamlakat hududida muomalasi taqiqlangan giyohvandlik moddasi hisoblanadi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

08:54 / 06.05.2025
Toshkentda giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatganlar ushlandi

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

12:09 / 16.09.2024
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida ta’mirlash ishlari qurilish joyi o‘rab olinmay qilinyapti

16:37 / 01.09.2024