B guruhi

Favoritlar foydasiga 5:0

Fransiya — Irlandiya 2:0
Gollar: Tchuameni (19), Tyuram (48). 
Fransiya – Menyan, Kunde (Pavar, 90), L.Ernandes (Saliba, 73), Upamekano, T.Ernandes, Rabo, Tchuameni, Dembele (Koman, 73), Jiru (Tyuram, 26), Grizmann (Kamavinga, 90), Mbappe.
Irlandiya – Bazunu, Daffi, Igan, Kollinz, Stivens (Makkleyn, 46), Braun, Kallen, Molambi (OShi, 68), Nayt, Ogbene (Ebosele,84), Ida (Kin, 68; Konnolli, 78).

Saralash turnirida Fransiyaning g‘alabali marshi davom etadi, ammo «uchranglilar» uchun navbatdagi o‘yin muammosiz kechmadi va birinchi bo‘lim o‘rtalaridayoq Jiru jarohat oldi. Faxriy futbolchiga hamdard bo‘lish bilan birga uning o‘rniga tushgan Markus Tyuramning o‘yini ochilganidan quvonish ham mumkin. Shu kuni «Park de Prenss» tribunasida o‘tirgan JCh-1998 g‘olibi Lilian Tyuramning o‘g‘li dam olish kunlarida «Inter» safidagi debyut golini urgandi, bu safar esa milliy jamoa safidagi gollari hisobini ochdi.

U shu oqshom omad kulib boqmagan Mbappedan o‘tib ketgan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Kilian navbatdagi qulay vaziyatni yo‘qqa chiqarganiga kinoyali munosabat bildirdi, ammo u shu kuni baribir o‘z saviyasini namoyish etdi va assistentlik balli ishlab, samarali o‘yinlari seriyasini 13 taga yetkazdi. Lekin golda asosiy ishni qaytarib bo‘lmas yo‘llagan Tshuameni bajardi. «Real»da bu havbek faqat qora ishlar bilan mashg‘ul, milliy jamoada hali ko‘p o‘ynamaganiga qaramay, uchta gol urib ulgurdi. Tshuamenining zarbasi Fransiya milliy jamoasining tarixiy 900-o‘yini bezagiga aylandi. Bu uchrashuvdagi g‘alabadan keyin fransuzlar Yevropa chempionati yo‘llanmasini deyarli hal qilishdi - ikkinchi o‘rindagi niderlandlar bilan oradagi farq 9 tani tashkil etmoqda.

Niderlandiya — Gretsiya 3:0
Gollar: de Ron (17), Gakpo (31), Veghorst (39). 
Niderlandiya – Flekken, Dumfris (de Ligt,84), van Deyk, Ake (de Vrey, 46), Gertryuyda, Blind, de Ron (Reynders, 65), de Yong (Verman,77), Simons, Gakpo (Lang, 65), Vegorst.
Gretsiya – Vlahodimos, Rota (Yannulis, 69), Xatsidyakos, Retsos, Tsimikas, Bakasetas (Buxalakis,87),Mantalos, Kurbelis (Kulerakis, 70), Siopis, Masuras (Funtas, 70), Pavlidis (Yakumakis, 73).