Polşaga Rossiya tahdidi yoki polyaklar Ukrainaga hujum qilişi mumkinligi haqidagi gaplar. Bular qançalik jiddiy?
|23:09 / 08.09.202341 41217 min
Polşa rasmiylari Rossiya ularga ham hujum qilişi mumkin deb hisoblaydi, Moskvadagilar esa Varşava Ukrainaga bostirib kiriş arafasida ekanini ta’kidlab keladi.
Foto: Artur Rezko / EPA / Scanpix / LETAFoto: Artur Rezko / EPA / Scanpix / LETA
Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiyning aytişiça, hatto «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojinning ölimi ham Polşa xavfsizligiga Rossiya tomonidan tahdidni kamaytirmagan. Polşa hukumati uzoq yillardan beri şarqiy çegarani mustahkamlaşga jiddiy yondaşadi. Rossiya va Ukraina örtasida keng kölamli uruş boşlanganidan keyin bu qaror mantiqiyligiga işonç ortdi.
Prigojin isyoni va uning yollanma askarlarining Belarusga köçişi Polşa-Belarus çegarasi yaqinidagi polyak qöşinlari soni deyarli ikki baravar köpayişiga olib keldi — ularning soni 10 mingga yetişi mumkin. Polşa Fanlar akademiyasining siyosatşunoslik kafedrasi dotsenti va Hertie boşqaruv maktabi Xalqaro xavfsizlik markazi professori Monika Sus «Meduza» naşriga Rossiya-Ukraina uruşi Polşaning öz xavfsizligi haqidagi ğoyalariga qanday ta’sir qilgani va bu vaziyat Polşa hukmron partiyasi uçun nega foydali ekanini tuşuntirgan.
— Sönggi oylarda Polşaning şarqiy çegarasida keskinlik ança kuçayganga öxşaydi. Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi Polşa xavfsizlik siyosatiga qanday ta’sir ötkazdi?
— Qisqaroq qilib, şunday javob beriş mumkin: Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini Polşa uçun kutilmagan holat bölmadi. Sovuq uruş tugaganidan keyin Polşa Rossiyani öz xavfsizligiga asosiy tahdidlardan biri deb hisobladi. Rossiya 2008 yilda Gurjistonda uruşib, 2014 yilda Qrimni anneksiya qilib, öz imperialistik siyosatini davom ettirganida, uning (Ukrainaga) bostirib kirişi muqarrardek tuyuldi, biroq heç kim bu töliq miqyosli uruş bölişini öylamagandi.
Polyaklar ğarbning boşqa davlatlarini Rossiya tobora tajovuzkor siyosat olib borayotganidan ogohlantirgan. Polşa NATOga (1999 yilda) qöşilganidan beri uning ustuvor vazifasi alyansni şarqiy qanotni mustahkamlaş zarurligiga işontiriş bölgan. Bu masala böyiça Polşa AQŞ bilan yaqindan hamkorlik qilgan (va hozir ham qilmoqda). Lekin, albatta, bu Varşavaning Yevropa Ittifoqi doirasidagi mudofaa integratsiyasiga qarşi ekanini anglatmaydi. Masalan, Polşa Germaniya va Buyuk Britaniyaning Litva bilan bu boradagi hamkorligini olqişlaydi. Şuningdek, u (Yevropa Ittifoqida) xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlik qilişga qaratilgan turli assotsiatsiyalar a’zosi, masalan, PESCO (Xavfsizlik va mudofaa masalalari böyiça doimiy hamkorlik).
Keng kölamli bosqin boşlangaç, menimça, Polşaning xavfsizlik siyosati yönalişi özgarmadi. Ammo mudofaa xarajatlari sezilarli darajada oşdi. NATO a’zosi sifatida Polşa yalpi içki mahsulotining ikki foizini mudofaa xarajatlariga sarflaydi. 2022 yilda hukumat mudofaa maqsadlari uçun yalpi içki mahsulotning deyarli 2,5 foizini ajratdi va 2024 yilda bu miqdorni 4 foizga olib çiqişni rejalaştirmoqda. Öylaşimça, AQŞdan harbiy texnika sotib olib, öz safiga yangi harbiy xizmatçilarni jalb qilişga intilayotgan Polşa armiyasi Yevropa Ittifoqining eng kuçli armiyalaridan biriga aylaniş arafasida (Polşada majburiy harbiy xizmat töğrisidagi qonun yöq, odamlar ixtiyoriy ravişda armiyaga qöşiladi; garçi bu mavzuda ba’zida munozaralar bölib tursa ham, hozirça buni özgartiriş rejalaştirilmagan).
Mavzuga oid
Varşavada Qizil armiya ustidan 1920 yilda qozonilgan ğalaba şarafiga 15 avgust kuni nişonlanadigan Polşa qurolli kuçlari kunidagi parad. 2023 yil 15 avgust.
Kacper Pempel / Reuters / Scanpix / LETA
Polşa hukumati mudofaa va armiyaga investitsiya kiritişni qöllab-quvvatlaşda davom etadimi yoki yöq, buni 2023 yil noyabr oyida bölib ötadigan parlament saylovlaridan keyin köramiz. Ammo hozirça, menimça, uşbu ön yillik oxirida Rossiyaning Polşaga hujumiga tayyor böliş kerakligi haqida partiyalararo konsensus mavjud. Polşa Milliy mudofaa vazirligi eng yomon ssenariylarni işlab çiqqan va ular orasida töliq miqyosli bosqin ham bor. Albatta, bu bahsli masala. Ammo menimça, polyaklar birdamligining sababi — «Rossiyadan himoyalaniş uçun öz mudofaamizga sarmoya kiritişimiz kerak» degan işonçdir.
— Polşaga hujum qiliş ahmoqlikdek körinadi, lekin Ukraina bilan ham şunday bölgandi... Boşqa tomondan, Polşa NATO a’zosi. Rossiya bir davlatni yenga olmayapti, bu yerda esa butun bir harbiy blok bor.
— Ha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va NATOga a’zo davlatga hujum qilişi örtasida katta farq bor. Ammo Polşada bu imkonsiz emas degan fikr mavjud. Şimoliy Atlantika şartnomasida beşinçi modda bor. Aksariyat polyaklar NATOning mamlakat xavfsizligi kafolatli ekaniga va AQŞga suyaniş mumkinligiga işonadi. Ammo hujum sodir bölgan taqdirda ittifoqçilar yordamga kelişiga şubha qiluvçilar ham bor.
Jamiyatning bir qismi Germaniya kabi mudofaa xarajatlarini oşirib, xavfsizlik sohasida faol öyinçiga aylaniş yölini qöllab-quvvatlayapti. Ammo hozir, saylovlar oldidan, Polşa hukumati juda xunuk antinemis kartasini öynaşga urinmoqda — ular Polşaga hujum qilingan taqdirda Germaniya bizga yordam berişni xohlamaydi, degan fikrni ilgari suryapti. Bu odamlarda qörquv uyğotiş va saylovlarda ğalaba qozoniş uçun qilinmoqda.
Bugungi kunda Polşa qurolli kuçlari körib çiqayotgan eng işonçliroq ssenariy — bu Rossiyaning taktik yadroviy hujumidir. Aynan siz aytib ötgan sababga köra, ya’ni Rossiya Ukrainadagi uruş bilan juda bandligi tufayli, ikkinçi frontni oçişi qiyin. Ammo Rossiya yadroviy davlat bölib qolmoqda, şuning uçun taktik zarba ehtimoli mavjud. Biz buni istisno qila olmaymiz.
Menga unçalik işonmaydigan, ammo Polşada muhokama qilinayotgan yana bir variant — Xitoy Rossiyani uruşda qöllab-quvvatlaydi va boşqa davlatlarga hujum qiladi.
— Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanilgan taqdirda voqealar rivojini qanday tasavvur qilasiz?
— Menimça, NATO javob qaytaradi va biz yadroviy uruş yoqasiga kelib qolamiz. Lekin men Rossiya bu qadamni taşlamaydi deb hisoblayman. «Ukrainadagi uruş yana bir neça yil davom etsa, Rossiya zaiflaşadi va oxirgi çora sifatida yadro arsenalidan foydalanişga majbur böladi», deguvçi ekspertlar ham bor. Ammo men bu ssenariyni ham haqiqatga yaqin deb öylamayman, çunki yadroviy quroldan foydalaniş yadroviy javobga olib keladi va buni heç kim xohlamaydi, töğrimi?
— Polşadagi oddiy odamlar uçun Rossiya hujumi xavfi qançalik haqiqat?
— Rossiya tarixan Polşa uçun tahdid bölib kelgan va, albatta, bugungi kunda jamiyatda qörquv muhiti mavjud. Yadro hujumidan xavotirlar kuçaymoqda. Ammo tanganing boşqa tomoni şundaki, Polşa hukumati bu qörquvni öz quroliga aylantirdi. Men buni davlat propagandasi deb ayta olmayman, lekin men Rossiyadan kelayotgan tahdid hukumat tomonidan ataylab börttirilmoqda deb hisoblayman. Ba’zi muxolifat jurnalistlari (va men ularga qöşilaman) Ukrainadagi uruş ma’lum darajada uşbu avtokratik hukumat foydasiga işlaydi, deb hisoblaydi. Çunki hukumat tahdiddan himoyalanişga tayyorligini e’lon qiladi va insonlarni duşman qarşisida birlaştiradi.
— Rossiya hujumini real deb hisoblaydigan odamlar bu Kremlga nega kerakligini qanday izohlaydi?
— Ular Rossiyaning harakatlarini oldidan aytib bölmaydi va agar Putin yöqotadigan heç narsasi bölmasa, Polşaga hujum qiladi deyişadi. Uşbu hujum qanday qurol bilan amalga oşirilişi — an’anaviy yoki yadroviy — kam muhokama qilinadi. Şaxsan mening öylaşimça, Rossiya Polşaga bostirib kirişga jur’at eta olmaydi. Ammo xavfni minimallaştiriş uçun ğarb Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda mağlub bölişiga işonç hosil qilişi kerak.
— Agar Polşaning 2022 yil fevralgaça bölgan taşqi siyosatiga qaytadigan bölsak: öşa paytda Belarus mamlakatga bugungi kundagidek tahdid bölib körinayotganmidi?
— Belarusning hududi ança kiçik va u har doim Rossiyaning qöli sifatida körilgan. Polyaklar Lukaşenkoni Putin qölidagi vosita deb biladi. Va, albatta, hozir Belarusda — Polşaga qöşni davlatda — Rossiyaning harbiy va yadroviy qurollari borligi sababli xavotirlar mavjud. Polyaklar Rossiyaning mamlakatga Belarus hududidan hujum qilişidan qörqadi. Xuddi şu narsani Belarusda joylaşgan «Vagner» jangçilari yoki Yevropaga noqonuniy yöllar bilan kirişga urinayotgan muhojirlar haqida ham aytiş mumkin. Ammo tahdid Belarusning öziga emas, balki Rossiya undan qanday foydalanişiga boğliq.
— 2021 yil yozida Belarus Yevropa bilan çegaralarida, şu jumladan Polşa çegarasida migratsiya inqirozini uyuştirdi. Bu polyaklarning Belarus haqidagi qaraşlariga ta’sir qildimi?
— Yaxşi savol. Menimça, bu kiçik tahdid. Ammo Polşa hukumati vaziyatdan mohirona foydalandi. Bugungi kunda Polşada muhojirlarning ikki toifasi: biz «yoqtiruvçi» ukrainaliklar va Belarus orqali mamlakatga kirişga urinayotgan muhojirlar borligi menga umuman yoqmaydi. Hozir çegarada sodir bölayotgan voqealar mutlaqo ğayriinsoniydir. Odamlarga çegarani kesib ötişga ruxsat berilmaydi, ular örmonlarda halok böladi. Yevropa Ittifoqida bunday bölmasligi kerak.
— Gaplaringizga qöşilaman. Siz Prigojin isyonidan keyin jangçilari Belarusga «köçgan» «Vagner»ni ham eslab ötdingiz. Öşandan beri Polşa çegarasi yaqinidagi maşğulotlar, mamlakat havo hududi buzilişi va Lukaşenkoning vagnerçilar Varşava va Jyeşuvga «ekskursiyaga borişni xohlayotgani» haqidagi hazillari haqida tez-tez xabarlar paydo bölmoqda. Sizningça, bularning barçasi haqiqiy tahdidning namoyon bölişimi yoki qandaydir psixologik bosimmi?
— Menimça, ikkinçisi. Men «Vagner» haqiqatan ham Polşa xavfsizligiga tahdid solişi mumkin deb öylamayman. Bu Polşadek kuçli armiyaga ega NATO mamlakatiga nisbatan ança marginal narsa. Va mening öylaşimça, Polşa hukumati bu vaziyatdan öz manfaati yölida foydalanmoqda.
— Ha, körinib turibdiki, Polşa hukumati şarqiy çegara yaqinida sodir bölayotgan voqealarga jiddiy munosabatda bölib, çegarani jadallik bilan mustahkamlamoqda.
— Bu yerda şuni ham hisobga oliş kerakki, şarqiy çegara yaqinida (aniqroği, Ukraina çegarasi yaqinida) Ukrainaga harbiy va insonparvarlik yordam körsatiş uçun öziga xos markaz bölib xizmat qiluvçi Polşa şaharlari bor. U yerda harbiy kuçlarni joylaştiriş nafaqat Polşa hududlarini himoya qiliş, balki Ukrainaga yaxşiroq yordam beriş uçun ham zarur. Rossiyaning Ğarbiy Ukrainaga hujumi kuçaysa, Polşa uçun ham xavf ortadi. Menimça, bu çegarani mustahkamlaşning ehtimoliy sabablaridan biri.
Polşalik çegaraçilar Belarus bilan çegarada navbatçilik qilmoqda. 2023 yil 9 iyul
Omar Marques / Getty Images
— Nima uçun Rossiya hukumati Polşaga bunçalik e’tibor qaratayotgani borasida biror taxminingiz bormi? Misol uçun, yaqinda Vladimir Putin Polşa hududlarining bir qismi Stalinning «sovğasi» ekanini aytdi.
— Ha, biz buni eşitdik. Menimça, sabab juda oddiy. Polşaning harbiy öyinçi sifatidagi roli ortib bormoqda va Rossiya uçun unga qarşi kuraşiş haqiqatan ham muhim. Menimça, Polşa Ukrainani qöllab-quvvatlayotgani ham vaziyatga ta’sir qilyapti. Albatta, boşqa davlatlar ham harbiy yordam bermoqda. Ammo, masalan, AQŞ va Buyuk Britaniyaga qarşi tahdidlarni tasavvur qiliş qiyin. Yoki Germaniyaga ham, çunki, nazarimda, Rossiya hamon u yerda u bilan hamkorlik qiladigan siyosiy kuçlar borligiga umid qilmoqda. Polşa bu ma’noda — hal qilingan masala, Varşava Putinning avtoritar hukumati bilan hamkorlik qilişi mumkinligi haqida heç qanday illyuziya yöq.
— Rossiya propagandasi tezisi haqida söramasdan ilojim yöq: Polşa göyoki Ukrainaga şunçaki yordam bergani yöq, Varşava Ukraina hududiga bostirib kirişning gibrid versiyasini tayyorlamoqda. Bu bayonotlar Polşada qanday baholandi?
— Bu töliq bema’nilik. Hatto menga yoqmaydigan Polşa hukumatida ham Ukraina va uning hududlariga nisbatan revizionistik (qayta körib çiqiş) siyosat olib boriş böyiça rejalar aniq yöq. Şubhasiz, bu jiddiy gapirişga arziydigan narsa emas.
Ammo Ukrainani qöllab-quvvatlaş, menimça, kelajakda Polşa uçun muammoli bölişi mumkin. Men qöllovning kamayişi uçun heç qanday sabab körmayapman. Polşa Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirişini ham qöllab-quvvatlaydi. Ammo, ğalla bitimi atrofidagi mojaro körsatganidek, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qöşilsa, Polşa qişloq xöjaligi sektori raqobat tufayli katta muammolarga duç keladi. Biroq, uruş davom etar ekan, Polşaning heç bir partiyasi Ukrainaga yordamni töxtatiş ğoyasini ilgari surmaydi.
— Ukrainaga yordam Polşaning mudofaa salohiyatiga ta’sir qiladimi?
— Oqibatlardan biri aniq: Polşaning Ukrainaga nisbatan öz zimmasiga olgan majburiyatlari, jumladan, qurol-yaroğ yetkazib beriş uni xavfsizlik sohasida kuçli aktyorga aylantiradi. Ikkinçi jihat şundaki, Polşa Ukrainaga juda köp texnikalar yetkazib berib (eng yangi bölişi şart emas), keyin Janubiy Koreya va AQŞdan yangi texnikalar sotib olmoqçi. Oxir-oqibat, bu Polşa armiyasi juda tez modernizatsiya qilinişiga olib keladi. Ya’ni Ukrainaga yordam, menimça, mudofaa sohasiga sarmoyalarni köpaytiriş bilan birgalikda, Polşa qurolli kuçlari va xavfsizligini mustahkamlaydi, uni heç qanday tarzda zaiflaştirmaydi.
— Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari Polşa öz şarqiy çegarasini mustahkamlab, mudofaani kuçaytirayotganiga qanday munosabatda?
— NATO davlatlari va alyans yetakçisi sifatida AQŞ, albatta, bundan xursand. Polşa xavfsizligini mustahkamlaş Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan ham olqişlanadi. Ammo bu yerda boşqa bir katta muammo bor — uruş Polşaning hozirgi hukumati foydasiga işlamoqda. Polşadagi demokratiya holati — bu xonadagi fil (inglizça ibora bölib, heç kim kötarişni istamaydigan, şuning uçun uni sezmaslikka harakat qiladigan aniq muammoni bildiradi). Va menda şunday taassurot paydo böldiki, Polşa Ukrainani qöllab-quvvatlayotgani uçun mamlakatdagi demokratik masalalarga unçalik e’tibor berilmaydi. Voqealar rivoji, şu jumladan, butun Yevropa Ittifoqi uçun ham juda xavfli bölişi mumkin.
— Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi fonida NATOda mavjud bölgan muammolar yanada oydinlaşdi, degan qaraş bor. Siz bunga qöşilasizmi?
— Menimça, uruş aslida NATO davlatlarini birlaştirdi. 2022 yil fevraligaça NATO va Yevropa Ittifoqining köplab davlatlari uçun hatto Qrimning anneksiya qilinişi ham unçalik katta muammo emas edi. Keng kölamli bosqin hamma narsani özgartirdi. Ba’zilar hatto Putin Yevropa integratsiyasiga yordam berdi, deyapti. Qaysidir darajada, bu haqiqat. Endi biz Rossiya va umuman tahdidlarni yaxşi payqamoqdamiz. Va biz omon qolişning yagona yöli birgalikda işlaş ekanini yaxşiroq tuşunyapmiz.
— Sizningça, Rossiyaning Ukrainadagi uruşi, xuddi Ikkinçi jahon uruşidagi kabi, jahon xavfsizligi tizimini qayta körib çiqişga olib keladimi?
— Albatta. Men hozirça yangi tuzilmaga ehtiyoj sezmayapman, menimça, bizda mavjud bölgan narsalar — Yevropa Ittifoqi va NATO — hozirgi vaziyatdan çiqiş uçun yetarli. Lekin, albatta, BMT Xavfsizlik Kengaşi özgarişi kerak — bu uruşda u heç narsa qila olmaydi, çunki uning ikki doimiy a’zosi bölayotgan voqealarda muammo körmaydi.
Öylaşimça, bir neça yildan söng biz Yevropada yangi xavfsizlik tartibiga guvoh bölamiz. Va agar tub özgarişlar bölmasa (va men buning uçun heç qanday sabab körmayapman), unda u Rossiyani öz içiga olmaydi va unga qarşi qaratilgan böladi. Ammo bu haqda gapirişga hali erta.
Umuman olganda, hozirgi vaziyatni Ikkinçi jahon uruşi bilan taqqoslaş menga örinli körinadi. Çunki XXI asrda töliq miqyosli bosqin, albatta, heç kim kutmagan narsa. Va menimça, bunga reaksiya xavfsizlik tizimi va fikrlaşdagi özgarişlar böladi.