«Biz yangi C8 formatini - bizni va Yevropadagi qoʻshnilarimizni: Ruminiya, Serbiya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Avstriya, Vengriya va, albatta, butun Yevropa Ittifoqini birlashtiradigan Karpat sakkizligini ishga tushirmoqdamiz», dedi u.

Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, yangi format Karpat mintaqasidagi davlatlar, hududlar va mahalliy jamoalarni birlashtirishi kerak. C8 ishtirokchilari xavfsizlik, energetika, logistika va transchegaraviy iqtisodiyot sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

«Karpat sakkizligi»ning birinchi sammiti 18-sentabr kuni Ukrainaning Ivano-Frankivsk viloyatida boshlandi. Unda Polsha bosh vaziri Donald Tusk, shuningdek, Serbiya va Ruminiya prezidentlari Aleksandr Vuchich va Nikushor Dan ishtirok etmoqda.

Bir kun avval Ukrainaga tashrif buyurmoqchi ekanligini aytgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso sammitga kelmadi. «Yevropeyskaya pravda» nashrining maʼlum qilishicha, Slovakiya uchrashuvda pastroq diplomatik darajada vakillik qilmoqda.

Shuningdek, sammitda 550 ga yaqin biznes vakili ishtirok etishi, uning yakunlari boʻyicha esa bir milliard yevrolik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda, dedi Zelenskiy.