Jahon | 10:18 / 09.09.2023
8411
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Adliya vazirligi yana 6 kishini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi

Vokalist Vladimir Kotlyarov, jurnalist Andrey Malgin, rejissyor Mo‘min Shakirov, sotsiolog Nikolay Mitroxin, siyosatchi Natalya Pelevina va «Yabloko» deputati Olga Podolskaya «chet el agenti» sifatida tan olingan.

Foto: Kirill Kallinikov / RIA Novosti

Rossiya Adliya vazirligi 8 sentabr, juma kuni «chet el agentlari» ro‘yxatini kengaytirdi. Ro‘yxatga Rossiya pank-rok guruhining vokalisti Vladimir Kotlyarov, jurnalist Andrey Malgin, rejissyor Mo‘min Shakirov, sotsiolog Nikolay Mitroxin, siyosatchi Natalya Pelevina va «Yabloko» partiyasidan Tula viloyatidagi Yefremov shahri deputati Olga Podolskaya kiritilgan. 

Rossiya Adliya vazirligiga ko‘ra, Kotlyarov «Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan holda ochiq gapirgan» va Rossiya hukumati qarorlari haqida «feyklar» tarqatgan. Malgin va Mitroxin Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlagan, Pelevina Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik idoralari haqida «feyklar» tarqatgan, Podolskaya va Shakirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralagan, deya qo‘shimcha qildi Rossiya mahkamasi.

Rossiyada «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri bir necha yuzlab tashkilotlar va shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritildi. Jismoniy shaxslar – «chet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boshida ishga tushirilgan bo‘lib, u NNTlar – «chet el agentlari», OAV – «chet el agentlari» va ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotlar – «chet el agentlari» ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxat bo‘ldi. 2022 yil dekabr oyidan boshlab qonun «chet eldan ko‘mak oladigan» va «chet el ta’siri ostida» bo‘lganlarni «chet el agenti» deb e’lon qilishga ruxsat beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid