“Hurmatli prezidentimiz: “Tabiat bilan yaqindan muloqot qiladigan, urf-odatlarimizga tayangan holda, mahalla hamjamiyatini, jamoatçilikni bir-biriga yaqinlaştiradigan, ulfat qiladigan şahar qurişni xohlayapman”, deb topşiriq bergan edilar. Buning uçun eng qulay joyni tanlab bergan edilar. Tanlangan joy böyiça barça ekologlar va mutaxassislar ijobiy xulosa berdi.

Ikki daryo oraliğida quriladigan bu şahar bizning ham quruq yozimiz, ham qişimizda aholiga mayinlik beradigan, ya’ni şamol yönalişlaridan tortib, quyoş çiqişi va botişigaça hisobga olingan, barça tendensiyalar inobatga olingan holda loyihalaştirilgan”, – dedi Odilov “Menimça” körsatuvida namoyiş etilgan intervyusida.

Uning sözlariga köra, yangi şaharni hozirgi Toşkent bilan muvaffaqiyatli birlaştirgani uçun Buyuk Britaniyaning Cross Works arxitektura kompaniyasi taklif etgan loyiha tanlab olingan. Taqdimot slaydlarida bu kompaniya Yangi Toşkent boş rejasining işlab çiquvçisi sifatida körsatilgan.

“Hozirgi mavjud Toşkent bilan integratsiyasi juda katta savol bölib turgan edi. Töğri, biz uni Yangi Toşkent deb nomlayapmiz, lekin bu özi bilan “eski” Toşkentni ham yangilab yuborişi kerak edi. Bitta jarayonda bular ikkalovi bitta qon, bitta arteriya bölib ketişi ketişi kerak edi, ya’ni “eski” va yangi şaharlar tikilişi kerak edi. Prezidentimiz ularning alohida-alohida şaharlar bölib qolişini maqsad qilmaganlar. Prezidentning maqsadlari – yangi şahardagi yangi ğoya, yangi kuç, yangi ğayrat “eski” şaharni ham özi bilan tortib olib ketişi kerak edi.

Hozirgi mavjud Toşkent bilan birlaşgan loyiha Britaniyaning Cross Works degan kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan, prezidentning özilari ham şu loyihani tanladilar. 20 dan ortiq xorijiy va bir neçta mahalliy taşkilotlarning xulosalari bilan şu loyihaga yuqori baho berilgan edi”.

Vazir örinbosariga köra, loyihani işlab çiqişda yaşillikka alohida e’tibor berilgan.

“Dunyo standartlariga köra, aholi jon boşiga yaşillik 8-10 kvadrat metrdan kam bölmasligi kerak. Hozir biz yangi şaharda aholi jon boşiga 20-30 kvadrat metr yaşillikni nazarda tutganmiz. Bu körsatkiç yangi şaharni boğ şahar qilib yuboradi. Eski Toşkent bilan yagona balansda umumiy olganimizda, Toşkentda yaşillik körsatkiçi xalqaro normalardan ança baland bölib, umumiy aholiga 12-13 kvadrat metr yaşil maydon töğri keladigan böladi”.