“Agar buni boşlamasak, Toşkentda 5 yildan keyin odamlar yaşolmaydi”, deya Yangi Toşkent şahri qurilişiga izoh berdi prezident Şavkat Mirziyoyev.
“32 yil içida birinçi marta namunaviy, jahon standartlariga mos loyiha qilyapmiz. Bu 300-400 yilga, nevara-çevara va hokazo kelgusi avlodlarimizga qolişi kerak, bizdan keyingi avlod ham buni davom ettirişi kerak”, – deya qayd etdi davlat rahbari.
Prezident bu haqda 5 sentabr kuni, Yangi Toşkent şahri boş rejasining davlat rahbari uçun qilingan taqdimotida aytib ötdi.
Quriliş vaziri örinbosari, Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi rahbari Davronjon Odilovning aytişiça, transport-logistika masalasi böyiça Janubiy Koreya, Germaniya va Turkiyadan mutaxassislar jalb qilinib, hozirgi mavjud Toşkent şahrining transport makromodeli yaratilgan.
“Ikkita metro liniyamiz yangi şahar bilan boğlanadi. “Buyuk ipak yöli” va “Döstlik” metro bekatlaridan 30-35 daqiqada yangi şaharga yetib keliş imkoniyati yaratiladi. Bu aholi uçun juda katta qulaylik böladi, avtomobilda kelişga ehtiyoj ham qolmaydi”, – dedi Davronjon Odilov “Menimça” telekörsatuvida namoyiş etilgan intervyusida.

Taqdim etilgan eskizga qaraganda, şaharda özaro boğlangan metro va tramvay tarmoğini quriş rejalaştirilmoqda.
Yangi Toşkentga boradigan metro “Döstlik” metro bekatidan boşlanişi avvalroq xabar qilingan edi. Şuningdek, “Çilonzor” yölini “Buyuk ipak yöli” bekatidan TTZ mavzesigaça uzaytirişga oid rejalar prezidentga taqdimot qilingan. 2021 yildagi taqdimotda yerosti liniyasi yotqizişning ikkita – Mirzo Uluğbek köçasi yoki Buyuk ipak yöli köçasi variantlari körib çiqilayotgani aytilgandi.
2022 yil noyabrida Şavkat Mirziyoyevning Parijga taşrifi çoğida Toşkent tramvayini quriş bilan Fransiyaning Alstom kompaniyasi şuğullanişiga












