Bugun, 11 sentabr kuni energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov iştirokida OAV vakillari bilan oçiq muloqot ötkazildi.

Ma’lum qilinişiça, aholi uçun elektr energiyasi tariflarini oşiriş hamda tabaqalaştirilgan tariflarni joriy qiliş böyiça takliflar kiritiş 2024 yilning may oyiga rejalaştirilgan. Vazir loyiha kiritilişining asosiy şarti sifatida davlat iste’molçilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlay olişi kerakligini alohida qayd etdi.

“Hozir e’lon qilingan loyihada faqat yuridik şaxslar uçun yangi tariflar belgilanişi nazarda tutilgan, lekin aholi uçun narxlar özgartirilmayapti.

Aholi uçun tabaqalaştirilgan tariflarni belgilaşdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berişni ta’minlaşimiz kerak. Ya’ni narx oşsa-yu, lekin elektrda uziliş bölaversa, aholining haqli e’tirozlariga sabab böladi. Şu sababli biz hozirda generatsiyalarni oşiriş, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş işlarini jadallaştiryapmiz.

Agar uzluksiz elektr yetkazib berişni ta’minlay olsakkina, aholi uçun elektr energiyasida tabaqalaştirilgan tariflarni 2024 yilning 1 mayidan joriy qiliş böyiça loyihani hukumatga kiritişni rejalaştiryapmiz. Lekin bu aynan şu kundan narx oşadi, degani emas, hozirça barçasi loyiha, xolos.

Tabaqalaştirilgan tarif deganda belgilangan ijtimoiy normadan köp elektr iste’mol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, köplab maişiy texnikalari bor xonadonlar, ya’ni nisbiy olganda boy va öziga töq xonadonlar uçun narx oşadi, degani. Hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kWh dan ortiq elektr energiyasini iste’mol qiladi. 75 foiz aholining iste’moli esa örtaça 200 kWh dan oşmaydi”, – dedi Jörabek Mirzamahmudov.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, joriy yilning 25 iyul holatiga jismoniy şaxs bölgan abonentlarning 74,9 foizi oyiga 200 kWh gaça elektr energiyasidan foydalangan. 201 kWh dan 300 kWh gaça iste’mol qiladigan abonentlarning uluşi esa 9,7 foizni taşkil qilgan.

Ta’kidlaş lozim, davlat subsidiyasi hisobiga arzon uşlab turilgan narxlar boy-u kambağal uçun birdek bölişi notöğri, arzonlaştirilgan narxlar manzilli ravişda haqiqatan ehtiyojmand aholiga yetib borişi lozim.